Sergeli tumanida yuz bergan favqulodda holat sabablarini örganiş, körilgan talafotlarni bartaraf etiş va jabrlanganlarga yordam körsatiş maqsadida Vazirlar Mahkamasi farmoyişi qabul qilindi.

Farmoyişga köra, bu böyiça hukumat komissiyasi (16 kişidan iborat) taşkil etildi.

Omborxonada yuz bergan favqulodda holat sabablarini örganiş, körilgan talafotlarni bartaraf etiş va jabrlanganlarga tibbiy va psixologik yordam körsatiş böyiça tezkor çora-tadbirlar amalga oşiriladi.

Favqulodda holat oqibatida zarar yetkazilgan har bir uy-joyni, jumladan, aholi xonadonlari, köp qavatli uy-joylarning fasad qismlari, deraza va romlari hamda ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan boşqa bino va inşootlarga yetkazilgan zararlarni bartaraf etiş böyiça moddiy yordam körsatiş çoralari köriladi.