Ukraina qurolli kuçlari oğir janglar evaziga mamlakat janubidagi Rabotine qişloği (Orexiv yönalişi) hamda Baxmut atrofidagi Kleşçiyevka va Andriyivkani egallaganidan keyin ularning yurişi töxtab qoldi. Uşbu kiçik aholi yaşaş manzillari uçun janglardagi ğalaba front çiziği yorib ötilişiga olib kelmadi: Rossiya qöşinlari şunçaki yangi mudofaa marralariga surildi. Oldinga yurişda davom etiş uçun ukrain armiyasi yana bir qança qişloqlarni egallaşi kerak böladi, bu hududlar esa RF qurolli kuçlari tomonidan mustahkam istehkomga aylantirilgan. Ukraina qömondonligi front çiziğini yorib ötiş uçun navbatdagi urinişga tayyorlanayotgan bölişi mumkin. Ammo bir haftadan keyin Ukraina şarqi va janubida kuzgi yomğirlar boşlanişi kutilmoqda, bu esa nafaqat manyovrli harbiy harakatlar amalga oşirişni, balki oldingi çiziqqa öq-dori va yuklar yetkazib berişni ham qiyinlaştiradi.
Orixiv yönalişi
- Ukraina QK yurişi Rabotine (ukrain armiyasi bu qişloqni avgust oyida ozod etgandi) — Novoprokopivka (Ukraina QK qişloq çekkalariga çiqqan, ammo barça hujumlar qaytarilgan) — Verbove (uning çekkalarida janglar avgustdan buyon davom etmoqda, ammo ukrain kuçlari şarq tomon siljişga muvaffaq böla olmayapti) uçburçagida uşlanib qolgan.
- Ukraina qömondonligi turli taktikalarni qöllab körmoqda. Asosan zirhli maşinalar bilan front çiziğiga eltib taşlangan piyodalarning kiçik guruhlari bilan hujumlar qilinmoqda. Artilleriya bilan muvofiqlikda harakatlanayotgan piyodalar RF qurolli kuçlarining navbatdagi tayanç punklarini egallaşga va bu yerlarda örnaşib qolişga urinmoqda. Uşbu nisbatan muvaffaqiyatli taktikaning öz kamçiliklari ham bor: u raqib mudofaa tizimini buzişi mumkin bölgan çuqur kirib borişlarni istisno etadi. Yana bir kamçilik — jonli kuçda yöqotişlar muqarrarligi. Şuning uçun Ukraina qurolli kuçlari rossiyaliklar mudofaasiga vaqti-vaqti bilan mexanizatsiyalaşgan kiçik bölinmalar bilan ham hujum uyuştirmoqda, ammo bunday hujumlar, qoidaga köra, muvaffaqiyat keltirmaydi (ammo şusiz ham taqçil bölgan texnikadagi yöqotişlarni oşiradi).

- Ukraina guruhining yana bir muammosi öq-dorilarni oldingi çiziqlarga yetkazib beriş va yaradorlarni evakuatsiya qiliş bilan boğliq. Ukraina QK yurişi davomida Orixivning janubiy çekkalaridan Novoprokopivkagaça hosil bölgan 10 kilometrlik «börtiği»da ukrain texnikalari bemalol harakatlana olmaydi: ular raqib artilleriyasi, tankka qarşi raketa komplekslari va dronlariga nişon bölişadi. Bu esa ukrain armiyasiga yuriş uçun kuç töplaşga xalal beradi. Şu bilan birga, rossiyaliklarning ham front ortidagi texnikalari şu kabi muammolarga duçor bölişgan.
- Qiziği şundaki, ukrainlarning bu hududdagi oldingi pozitsiyalari «Surovikin çiziği»da egallab olingan istehkomlarga tayanadi — endilikda Rossiya armiyasi ötgan yil kuzidan buyon qazigan xandaqlar va blindajlar ukrain şturm guruhlari uçun boşpana sifatida xizmat qilmoqda.
- Ukraina QK vaqti kelib rossiyaliklarni Novoprokopivka va Verbovedan ham siqib çiqarişi mumkin. Ammo raqib mudofaasi içkarisiga çuqur kirib borişning ehtimoli kam. Kuzgi yomğirlardan keyin esa yuriş qiliş yanada murakkablaşadi, bunday şaroitda mustahkam qoplamaga ega bölmagan yöllarda texnika harakatlana olmaydi.
Baxmut fronti
- Baxmutdan janubdagi Kleşçivka va Andriyivka egallab olinganidan keyin Ukraina qurolli kuçlari qarşisida RF qurolli kuçlarining Horlivka — Baxmut temiryöli böylab ötadigan yangi mudofaa çiziği paydo bölgan. Ozod etilgan qişloqlarning özi tepaliklar orasidagi tekislikda joylaşgan. Bu rossiyaliklar uçun ularni himoya qilişni qiyinlaştirgandi (ularning harakatini ğarbda joylaşgan ukrainlar dronlarsiz ham körib tura olardi), endi esa ukrain şturm guruhlarining özi xuddi şunday holatda qoldi: Kleşçiyevkadan şarqdagi tepaliklardan turib korrektirovka qilinayotgan Rossiya artilleriyasi temiryöl böyidagi ukrain otryadlariga zarba berişmoqda.
- Tarqalgan videolarga köra, ukrain qöşini temiryölni Andriyivka hududida kesib ötişga urinmoqda. Uşbu yangi yuriş muvaffaqiyatli çiqişi uçun, Ukraina qurolli kuçlari, katta ehtimol bilan janubroqdagi qişloqlar — Kurdyumovka va Otradovkaga hujum qilişi talab etiladi.













