Toşkent viloyati Ohangaron tumani, Olmaliq şahridan 12 km şimoli-şarqda joylaşgan Tunkat yodgorligida şu yilning yoz oylaridan beri arxeolog olimlar tomonidan qazişma işlari olib boriladi. Bu haqda Kun.uz'ga akademik Ahmadali Asqarov ilmiy rahbarligidagi bir guruh olimlar ma’lum qildi.
Ta’kidlanişiça, qazişma işlari oldidan guruh tomonidan yodgorlikning Şahriston, Rabot, qabriston qismlarida tadqiqotlar olib boriş rejalaştirilgan. Yakuniy natijalar kutilganidan köra a’lo bölgan.
Arxeologik qazuv şaharning şimoliy qismiga nisbatan balandroq tepalikni oçib örganişdan boşlanib, dastlab qazişma işlari 12x12 ölçamdagi maydonda ötkazilgan.
Tadqiqotlar davomida örta asrlarga oid 10 dan ortiq xonalar, 200 dan ziyod sirlangan va sirlanmagan sopol bölaklari, 20 ga yaqin tangalar, 10 ga yaqin çiroqlar, köplab şişa idiş parçalari, metall buyumlar va eritilgan metall şlak (toşqol) qoldiqlari topilgan.

Qayd etilişiça, idişlar içida sirlanganlari alohida e’tiborga loyiq. Bu idişlarning asosiga oq rangda angob berilib, qizil, sariq, yaşil, qora va boşqa ranglar bilan naqşlar berilgan. Ayrimlariga quşlar va hayvonlar tasviri işlangan. Ba’zilari esa arab alifbosining kufiy xatidagi sözlar bilan bezatilgan. Bunday bezakli idişlar nafaqat Ohangaron, Toşkent vohasi, balki Özbekistonning boşqa hududlarida ham uçrab turadi. Ular olimlar tomonidan IX-XI asrlar bilan davrlaştirilgan. Bu davrda Turkiston hududlari somoniylar va qoraxoniylar sulolasi tomonidan boşqarilgan.
Çiroqlar ham sirlangan idişlar singari oq angob bilan böyalib, ustidan qora rang yordamida an’anaviy tarzda, kufiy xatidagi sözlar bilan bezatilgan. Bunday bejirim idişlar, tarixiy Turkiston hududidagi birinçi musulmon renessansi (uyğoniş) davrida san’atning naqadar rivojlanganini ham körsatib beradi.


Tangalar orasida VII-VIII asrlarga tegişli Çoç tangalaridan tortib, XI asr boşlaridagi qoraxoniylar sulolasining hukmronlik davriga oidlarini ham uçratiş mumkin. Çoç tangalarining ayrimlarida hukmdor bilan yonma-yon malika (xvatun, xotun)ning ham qiyofasi bor.
Ma’lumotlarga köra, tangalar VII-VIII asrlarning antropologik qiyofasini namoyon etib, ma’muriy sohada ayol kişining mavqeyi sezilarli darajada bölganini körsatadi. Qolgan tangalar içida somoniylar vakillaridan Yahyo ibn Ahmad, Nasr ibn Ahmad, qoraxoniylardan Nasr ibn Ali va boşqa hukmdorlarning nomi aks etgan tangalarni topiş mumkin.


Olimlar tomonidan oçilgan tarixiy inşootga şarqiy tomonda joylaşgan eşik orqali kirilgani aniqlangan. Bino qurilişida asosan xom ğişt va paxsadan keng foydalanilgan. Ahyon-ahyonda u yoki bu maqsadda foydalanilgan somoniylar davrining pişgan ğiştlarini ham kuzatiş mumkin.
Xonalarning köpçiligida tört tomon devorining ğiştlari tört xil uslubda terilgan. Masalan, nisbatan yirik hisoblangan markaziy xona ğarbiy devorining ğiştlari yapaloq holatda, bir qator öng tomonga qayrilib, uning ustidagi yana bir qator ğişt esa çap tomonga qiyalangan holatda terib çiqilgan.
Bunday quriliş uslubi boşqa xonalarda ham kuzatiladi va qadim tunkatliklar uçun an’ana şaklida bölganligini körsatadi.
Hozirda arxeologlar tomonidan Tunkatdagi tadqiqotlar davom ettirilmoqda.











