Kiyevda DFNC1 birinçi xalqaro mudofaa forumi bölib ötdi. Unda dunyoning yetakçi qurolsoz korxonalari iştirok etdi. Forumda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukrainaga yordam beriş uçun birlaşişga tayyor qurol işlab çiqaruvçilarning yangi guruhi taşkil etilişini ma’lum qildi.
«Bugun biz Mudofaa sanoati alyansi tuzilganini e’lon qilamiz. Xalqaro huquqni qadrlaydigan va xalqaro huquq va xavfsizlikni haqiqiy himoya qiliş uçun qanday işlaşni biladigan ittifoq. Men nafaqat Ukraina haqida, balki dunyodagi barça xalqlarning agressiyaga qarşi xavfsizligi haqida gapiryapman», dedi u forumda.
Zelenskiy şuningdek, Kiyev Ukrainada qurol işlab çiqarişga qaror qilgan kompaniyalarga «maxsus şartlar» taklif etişga tayyorligini bildirdi. U, şuningdek, musodara qilingan Rossiya aktivlarini sotiş orqali töldiriladigan maxsus jamğarma taşkil etilişini e’lon qildi.
«Biz qöşma korxonalar va xizmat körsatiş markazlarini yaratmoqdamiz, bu Ukraina mudofaa-sanoat kompleksini hamkor mamlakatlarning mudofaa-sanoat muhitiga bosqiçma-bosqiç integratsiyalaşga yordam beradi», deb tuşuntirdi Ukraina boş vaziri Denis Şmigal.
Şu bilan birga, harbiy xizmatçilarni qöllab-quvvatlaş, harbiy infratuzilmani va yangi texnologiyalarni rivojlantiriş böyiça maxsus jamğarma taşkil etiş ham rejalaştirilgan. Moliyalaştiriş davlat mudofaa korxonalari dividendlari, şuningdek, musodara qilingan Rossiya aktivlarini sotişdan olinadigan foyda hisobidan amalga oşiriladi, deyiladi Ukraina TIV bayonotida.
Forumda Yevropa, Amerika, Osiyo va Avstraliyaning 30 dan ortiq davlatidan 252 ta mudofaa sanoati korxonalari vakillari iştirok etdi. Alyansga allaqaçon 19 mamlakatdan 38 ta kompaniya qöşilgani aytilmoqda.












