Kosovodagi keskin vaziyat tufayli NATO bu mamlakatga Uels malikasi qirollik polkining 1-batalonidan 200 ga yaqin qöşimça britaniyalik askarni jönatmoqda. Yakşanba kuni NATO matbuot kotibi Dilan Uaytning aytişiça, ular harbiy maşğulotlar uçun Kosovoda joylaşgan KFOR tinçlikparvar kuçlari tarkibidagi 400 nafar britaniyalikning yonida joylaştiriladi. Boşqa ittifoqçilar ham KFOR kontingentini oşiradi, dedi u. Britaniya armiyasi bölinmasi NATOning Yevropadagi ittifoqçi kuçlari qömondoni, amerikalik general Kristofer Kavoli maxsus iltimosiga köra NATO Kosovodagi kuçlari qömondoni huzuriga jönatildi.
Alyans kontingentning kuçayişiga sabab sifatida 24 sentabr kuni Kosovo politsiyasiga qilingan hujum va mintaqada keskinlik kuçayganini körsatmoqda. NATO Belgrad va Priştinani «uzoq tinçlik»ka erişiş uçun muloqotga çaqirdi. «Uels malikasi qirollik polkining 1-bataloni joylaştirilişi Buyuk Britaniya Qurolli kuçlarining tezkorligini namoyiş etadi. Biz NATOning muhim qismi bölib, harbiy tajribamiz va qudratimiz bilan bölişişda davom etmoqdamiz», dedi Buyuk Britaniya mudofaa ştabi boşliği admiral Entoni Radakin. Londonning Kosovodagi tinçlikparvar kuçlarni qöllab-quvvatlayotgani Buyuk Britaniyaning Şimoliy Atlantika alyansi va Ğarbiy Bolqon mintaqasi xavfsizligiga sodiqligini ta’kidlaydi, deya qöşimça qildi u.
Kosovoda politsiyaga hujum ortidan keskinlik kuçaydi
Kosovo şimolidagi vaziyat bir hafta oldin murakkablaşdi. Kosovo rasmiylarining bildirişiça, politsiya 24 sentabrga ötar keçasi Kosovoning Banska qişloğiga bostirib kirib, serb pravoslav monastirida tösiq örnatgan 30 nafar qurolli serb bilan töqnaşgan. Uç hujumçi va bir politsiyaçi halok böldi.
Kosovoning 1,8 million aholisi katta qismi etnik albanlardir. Bundan taşqari, mamlakatda, asosan, şimolda 120 ming serb yaşaydi. 2008 yilda Kosovo bir tomonlama ravişda Serbiyadan mustaqilligini e’lon qildi. 100 dan ortiq davlatlar uning mustaqilligini tan oldi, lekin Serbiya haligaça sobiq viloyatini qaytarib olişga urinyapti.
NATOning KFOR tinçlikparvar missiyasi 1999 yil iyun oyidan beri faoliyat yuritib kelmoqda. 28 davlat KFOR’ga öz harbiylarini taqdim etadi. Buyuk Britaniyaning KFOR böyiça majburiyati 2023 yil may oyida qurolli kuçlar böyiça vazir Jyeyms Xippi London kamida 2026 yilgaça NATOning Ğarbiy Bolqondagi missiyasiga hissa qöşişda davom etişini e’lon qilganida yangilandi.












