Ekologiya vazirligi tizimidagi Sanitar tozalaş işlarini taşkil etiş respublika markazi rahbari Şarif Hasanov Şvetsiyaning Özbekistondagi elçisi Tomas Danestad hamda Şvetsiya çiqindilarni boşqariş va qayta işlaş uyuşmasi katta maslahatçisi Vern Vikvist bilan uçraşdi.

Uçraşuvda Özbekiston va Şvetsiya örtasida çiqindilarni boşqariş va tizimga ilğor xorijiy tajribani joriy etişni jadallaştiriş masalasi muhokama qilindi.

Mamlakatda çiqindilar böyiça vaziyatni, jumladan, uşbu sohadagi qisqa va uzoq muddatli ehtiyojlarni örganiş hamda tahlil qiliş masalalari yuzasidan özaro fikr-mulohazalar almaşildi.

Şvetsiyaning çiqindilarni boşqariş modeliga asosan çiqindilarni qayta işlaş hamda undan energiya işlab çiqarişga urğu berildi.

Çiqindilarni energiyaga aylantirişning innovatsion texnologiyalarini işlab çiqiş, barqaror loyihalaş va hayotga tatbiq etilişiga alohida ahamiyat qaratildi.