Norvegiyada 3 oktyabr, seşanba kuni salonida töqqiz yoki undan kam örindiqli Rossiyada röyxatdan ötgan yengil avtomobillarning kirişiga taqiq kuçga kirdi. Çora şuningdek, oraliq importni taqiqlaşni ham öz içiga oladi, deya tuşuntirdi Qirollik Taşqi işlar vazirligi.
Çeklovlar Rossiyada doimiy yaşovçi Yevropa Ittifoqi va Norvegiya fuqarolariga tegişli transport vositalariga taalluqli emas. Çeklovlar diplomatik transport va xalqaro taşkilotlarga tegişli avtomobillarga ham tegişli bölmaydi. Bundan taşqari, rossiyaliklar, şuningdek, oilaviy favqulodda vaziyatlarda, masalan, dafn marosimiga boriş zarurati tuğilganda, Norvegiyaning Rossiya bilan çegarasini avtomobilda kesib ötişi mumkin.
Oslo: Rossiyaning Ukrainaga qarşi noqonuniy uruşiga javob
Norvegiya hukumati veb-saytidagi xabarda aytilişiça, Oslo Rossiyaning Ukrainaga qarşi noqonuniy uruşiga javob sifatida Moskvaga nisbatan çeklov çoralarini kuçaytirmoqda va şu kabi sanksiyalarni joriy etgan YeI mamlakatlariga qöşilgan.
Norvegiya Rossiya röyxatidan ötgan avtomobillarning kirişini taqiqlagan Rossiya bilan quruqlikda çegaradoş sönggi davlatga aylandi. Avvalroq Estoniya, Latviya, Litva, Finlandiya va Polşa Yevropa komissiyasining tegişli tuşuntirişiga asoslanib, xuddi şunday qadam taşlagan edi. 2 oktyabr kuni ularga Bolgariya ham qöşildi, u Şengen hududidan taşqarida Yevropa komissiyasining uşbu tavsiyasini qöllab-quvvatlagan birinçi davlat böldi.
Taqiq qabul qilingandan söng Finlandiya Norvegiya bilan çegarada Rossiya avtomobillarining bu mamlakat orqali kirib kelişini töxtatiş uçun keça-yu kunduz nazoratni joriy qildi. Rossiya va Norvegiya örtasidagi çegara uzunligi taxminan 200 kilometrni taşkil qiladi.












