2023 yil 3 oktyabr kunidan boşlab, «Toşşahartransxizmat» tomonidan 3M-sonli «Xalqaro aeroport» bekatini köprik yöli orqali Yakkasaroy TIIB bekati bilan boğlovçi 2 ta mikroavtobus harakatlanuvçi vaqtinçalik bepul yönaliş taşkil etildi.
2023 yilning 1 oktyabr kunidan boşlab, Toşkent xalqaro aeroporti va Bobur köçasini boğlovçi köprik yölini ta’mirlaş işlari doirasida köprik yöli orqali avtobuslar va yuk transportining harakati vaqtinçalik çeklangan.

Mazkur köçalar orqali qatnaydigan avtobus yönalişlarining harakati yangiça tartibda taşkil etiladi.
Bunda:
- 67-, 76-, 94-sonli avtobus yönalişlarining harakati Bobur köçasidagi Yakkasaroy TIIB bekatida qisqartiriladi;
- 11-, 40-, 45-sonli avtobus yönalişlarining harakati Bobur köçasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kiçik Beşyoğoç, Kiçik halqa yöli, Sariköl, Temiryölçilar, H.Aliyev, Lokomotiv, Qumariq köçalari orqali keyingi harakati öz yönalişi böylab vaqtinçalik özgartiriladi;
- 61-, 106-sonli avtobus yönalişlari harakati «Aeroport-2» bekatida qisqartiriladi;
- 47-, 77-sonli avtobus yönalişlarining harakati Bobur köçasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kiçik Beşyoğoç, Kiçik halqa yöli, Sariköl, S.Banokatiy, Lokomotiv, Qumariq köçalari orqali keyingi harakati öz yönalişi böylab vaqtinçalik özgartiriladi.











