Toşkent viloyati, Yangiyöl tumanida 24 yoşli taksiçi yigit öldirilgan, maşinasi esa yoqib yuborilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda maşina yonayotgani tasvirlangan video tarqaldi.
Boş prokuratura matbuot kotibi Xayot Şamsutdinov xabariga köra, 4 oktyabr soat 2:00 da Toşkent viloyati, Yangiyöl tumanida 24 yoşli taksiçi öldirilgan. Uning Matiz maşinasi esa yoqib yuborilgan. Yigitning jasadi yonayotgan maşinadan 300 metr uzoqlikdan topilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.












