Yuqori Çirçiq tumanida çinor daraxtlari kesib taşlangani ma’lum böldi. Holat Toşkent viloyati Ekologiya boşqarmasi hamda viloyat prokuraturasi tomonidan ötkazilgan ekologik nazorat tadbirida aniqlangan.

Ta’kidlanişiça, tumandagi «Fayzobod» MFY hududida 3 tup çinor daraxti kesib taşlangan. Natijada tabiatga 148 mln 793 ming 500 söm miqdorida zarar yetkazilgan. 

Holat yuzasidan Toşkent viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boş prokuratura avvalroq 2023 yilda moratoriyga qaramay, daraxt kesilişi bilan boğliq 2427 ta huquqbuzarlik qayd etilgani haqida xabar bergandi.