Aholisi çorak milliondan kam bölgan Ispaniya Andaluziyasining sayyohlik magniti Granada 5 oktyabr, payşanba kuni 50 ga yaqin davlat rahbarlarining sammiti - Yevropa siyosiy hamjamiyati yiğilişiga mezbonlik qildi. Tarixiy markaz yaqinidagi odatda gavjum köçalar böşab qoldi: tadbir bölib ötayotgan anjumanlar markaziga olib boruvçi yöllar tösib qöyildi, jamoat transporti aylanma yöllar bilan harakatlandi, yaqin atrofdagi binolar aholisi esa uyga yetib boriş uçun politsiya kordonlarini aylanib ötişga majbur böldi. «Bizga, albatta, 5 va 6 oktyabrda şunday bölişini ma’lum qilişdi, lekin bir kun oldin köçaga çiqişning iloji bölmasligi - ajablanarli», deydi mahalliy aholi vakillaridan biri. 

Biroq, Granadaga Algambra - 13-14-asrlardagi mavritan saroyi va park arxitekturasining durdona asarini öz közi bilan köriş uçun kelgan sayyohlar umidsizlikka tuşgan. Şaharning asosiy diqqatga sazovor joyi ular uçun uç kun davomida yopildi, çunki u faqat sammitning yuqori martabali mehmonlariga körsatiladi. «Biz yana Granadaga qaytişimiz kerak böladi», deydi Amerika Qöşma Ştatlaridan kelgan keksa sayyoh.

Bunday keng miqyosli sammitlar Yevropa uçun yangi formatdir: birinçi bunday uçraşuv bir yil avval Pragada bölib ötgan. Keyin may oyida sammitga Moldova mezbonlik qildi, mehmonlar Kişinyovdan 20 km uzoqlikdagi saroyga taklif qilindi, butun mamlakat osmoni tösib qöyildi. Endi navbat YeI kengaşiga ham raislik qilayotgan va 6 oktyabr kuni Granadada norasmiy sammitni ötkazayotgan Ispaniyaga keldi. 

«Yevropada birdamlikni saqlab qoliş» 

Yevropa siyosiy hamjamiyatining formati öziga xos xususiyatga ega, çunki u Yevropa Ittifoqidan taşqaridagi köplab davlatlar, jumladan, Ukraina uçun ham muloqot platformasini yaratadi. «Biz uçun asosiy muammo nafaqat Yevropa Ittifoqida, balki butun Yevropa qit’asida birdamlikni saqlab qolişdir», dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy sammitda jurnalistlarga. Odatdagidek, uning kelişi haqida bir neça soat oldin ma’lum böldi: Zelenskiy iştiroki «xavfsizlik nuqtai nazaridan» sönggi daqiqalargaça tasdiqlanmay turdi. 

Foto: Picture Alliance

Sammit boşida söz Ukraina prezidentiga berildi, undan taşqari forum mezboni Ispaniya davlat rahbari va Yevropa Ittifoqi yetakçilari – YeI kengaşi rahbari Şarl Mişel, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ham sözga çiqdi. Zelenskiy öz hamkasblariga Xarkivda bolalarni öqlardan himoya qiliş va ularga tölaqonli ta’lim beriş uçun metro bekatlarida maktablar qanday taşkil etilgani haqida sözlab berdi.

«Biz 2023 yilda yaşayapmiz. Rossiya bilan qöşniçilik mana şunday narsalarni keltirib çiqaryapti», dedi u va Ukraina razvedkasi ma’lumotlarini keltirdi. Ularga köra, Rossiya 2028 yilgaça Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan yöq qilingan harbiy salohiyatini tiklay oladi. Zelenskiy bundan keyin Boltiqböyi mamlakatlari Rossiya hujumlarining potensial nişoniga aylanişi mumkinligini aytdi. «Rossiya harbiy mağlubiyat bilan zararsizlantirilişi kerak, - dedi prezident. - Biz Ukrainada ğalaba qozonişimiz kerak, şunda u bu tajovuzni boşqa birovga ötkaza olmaydi». «Sizning şaharlaringiz bolalaringizni himoya qiliş uçun yetarli darajada metro stansiyalariga egami?» — deb söradi u Yevropa yetakçilaridan. 

Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitidan közlangan maqsad Yevropa yetakçilari qatnaşayotganidan foydalanib, Rossiyaning Ukrainaga bölgan agressiyasiga qarşi turişda «birdamlikni tiklaş»dir, deya ma’lum qildi Madrid. Sammit iştirokçilari birdamlik va Ukrainani ramziy darajada qöllab-quvvatlaşini namoyiş etdi.

Ukraina uçun aniq natijalar bor

Bu sammit formatida jamoaviy qarorlar qabul qilinmaydi va umumiy bayonotlar berilmaydi. Biroq ikki tomonlama muzokaralar çoğida Germaniya va Ispaniya Zelenskiy bilan Ukrainaga qöşimça havo hujumidan mudofaa tizimlarini taqdim etişga kelişib oldi. Zelenskiyning sözlariga köra, xuddi şu qöllab-quvvatlaş Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron bilan suhbatda muhokama qilingan. «Men bu tizimlarning barçasini yiğa olişimizga işonaman va ularning barçasi Ukrainaga yetib boradi», dedi u Germaniya kansleri Olaf Şols bilan uçraşuvda «kuçli yeçim» haqida söz yuritilganini ta’kidlab. «Germaniya hukumati hozirdanoq qişki davrda Ukrainani Patriot tizimlari bilan ta’minlaşga harakat qiladi», dedi Ukraina prezidenti jurnalistlarga.

Foto: AFP

Barça delegatsiyalar iştirok etgan ulkan «p» harfi şaklidagi stolda yalpi qism yakunlanganidan söng mamlakat rahbarlari guruhlarga bölinib işladi. «Köp tomonlamalik va geostrategiya» guruhida Ukrainadagi uruş oqibatlari muhokama qilindi. Ispaniya NATO va Yevropa Ittifoqidagi ittifoqdoşlari bilan birgalikda Kiyevni «qat’iy va töliq» qöllab-quvvatlaşda davom etiş niyatini tasdiqladi. «Yevropa Ittifoqi Ukraina va uning xalqiga qançalik zarur bölsa, şunça kuçli siyosiy, iqtisodiy, harbiy, moliyaviy va humanitar yordam körsatişda davom etadi», deya ma’lum qildi Ispaniya tomoni YeI kengaşining muvaqqat raisi sifatida. 

Uning rahbari Şarl Mişel Volodimir Zelenskiyga şaxsan murojaat qilib: «Biz siz va Ukraina xalqi bilanmiz», deb işontirdi. Uning eslatişiça, Yevropa Ittifoqi allaqaçon Ukrainaga yordam uçun 82 milliard yevro ajratgan va yangi keng kölamli paket tayyorlamoqda. Mişel, şuningdek, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini oşiriş uçun 2024 yildan boşlab G7 darajasida rus olmoslariga embargo qöyişni qöllab-quvvatlaşini ta’kidladi. Keyinroq Zelenskiy Rossiya yadro sanoatiga taalluqli bölgan ön ikkinçi sanksiyalar paketi haqida gapirdi. 

«Bizning burçimiz - Ukraina ğalaba qozonişiga erişiş. Bunda, kuç hukmronligi muhim emas. Majburiyatimiz - Yevropa xavfsizlik arxitekturasini tiklaş, toki yevropaliklar bu qit’ada tinçlik va erkinlikda yaşasin. Yevropa siyosiy hamjamiyatida şu jihatlardan kelib çiqişimiz kerak», - dedi fon der Lyayyen.

Qoraboğ uçun qöldan boy berilgan imkoniyat 

Şu bilan birga, xalqaro hamjamiyatning uşbu forumda Armaniston va Ozarboyjon rahbarlari örtasida töğridan töğri muzokaralar ötkaziş mumkin, degan umidi özini oqlamadi. Prezident Ilhom Aliyev tadbirga kelmadi, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ham aniq sabab körsatmasdan safarni bekor qildi.

Foto: Ludovic Marin/AFP

Ammo Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan kelib, Mişel, Makron va Şols bilan uçraşdi, ular Yevropa Ittifoqi va Armaniston örtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlaşga tayyor ekanini ma’lum qildi hamda Qoraboğ armanlarining ommaviy çiqib ketişi munosabati bilan qöşimça humanitar yordam körsatiş zarurligiga kelişib oldi. Mişelning sözlariga köra, ijobiy özgarişlar bölgan hamda tez orada Bryusselda Armaniston va Ozarboyjon örtasida muzokaralar bölib ötişi kutilmoqda. Lekin buni hali Yerevan va, birinçi navbatda, Boku tasdiqlaşi kerak. 

Paşinyan Zelenskiy bilan ham gaplaşdi – bu ularning öz mamlakatlarida butun rahbarlik davridagi birinçi uçraşuvi böldi. Siyosatçilar Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammiti doirasidagi bunday uçraşuvlar uçun uşbu platformani ma’qul köradi. Ayniqsa, Yevropa Ittifoqiga nomzodlar, Yevropa Ittifoqiga a’zo bölmagan davlatlar va Yevropa Ittifoqi rahbarlari bilan muhim mavzularni muhokama qiliş uçun forumdan foydalanadigan kiçikroq davlatlarga bu kerak. 

Sammitlar öziga xos qiymatmi? 

Tahlilçilar ham aniq natijalar yöqligiga qaramay, uşbu sammitni zarur deb hisoblamoqda. Bryusseldagi Yevropa siyosatini örganiş markazi siyosatşunosi Stiven Blokmans bu formatni erkin boğlangan Yevropa siyosiy hamjamiyati uçun foydali deb hisoblaydi. «Uçraşuvlarni davom ettiriş, muloqot uçun oçiq imkoniyatlarni saqlab qoliş va konstruktiv yondaşuvning özi ijobiy holatdir. Bunday uçraşuvlarsiz imkoniyatlar umuman bölmasdi. Bu Yevropa siyosiy hamkorligi tarafdorlarining fikri», - deydi Stiven Blokmans DW naşriga bergan intervyusida.

Keyingi sammit Buyuk Britaniyada bölib ötadi. Uning ötkazilişining aniq joyi va sanasi hali noma’lum.