Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini işlab çiqiş va kelişişning yagona elektron tizimi – project.gov.uz portalida Hukumatning «Istirohat boğlari faoliyati va boşqaruv tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida»gi qarori loyihasi paydo bölgan.
Qarorda respublikadagi 196 ta istirohat boğini Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi va viloyatlari hokimliklari huzurida taşkil etiladigan “Istirohat boğlarini boşqariş direksiyalari” davlat muassasalari balansiga ötkaziş belgilangan. Röyxatda Toşkent şahrida joylaşgan, Markaziy Osiyoda yagona bölgan Botanika boği ham bor. Taşkil qilinganiga 73 yil bölgan mazkur boğ ayni paytda Fanlar akademiyasi Botanika instituti balansida.
Hukumatning mazkur qaror loyihasi keng jamoatçilikning e’tiroziga sabab bölyapti.
Özbekiston Ekologik partiyasi qaror loyihasi böyiça munosabat bildirib, Botanika boğiga Milliy boğ maqomini beriş orqali uning nufuzini va muhofazasini kuçaytiriş kerakligini ma’lum qildi.
“Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi mazkur Botanika boği uning nizomiga köra, ilmiy muassasa bölib, bugungi kunda boğdagi ösimliklarning turlari genofondi, sonining xilma-xilligi, kolletsion turlar genofondi böyiça Markaziy Osiyodagi yirik yagona bölgan noyob ilmiy-unikal obekt hisoblanadi.
Botanika boği 2-3 yilda yana 200 dan ortiq yangi manzarali turlar bilan boyitilgan. Ayni paytda mazkur boğda 2450 dan ortiq gulli-manzarali daraxt va butalar hamda dorivor ösimlik turlari mavjud.
Şu bilan birga, noyob va endem ösimliklar turlari hamda Özbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 40 ga yaqin noyob va tabiatda yöqolib borayotgan ösimliklar kolleksiyalari yaratilmoqda.
Xalqaro indeks tizimi orqali 80 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan manzarali ösimliklar uruğini almaşiniş yölga qöyilgan.
Hozirgi kunda Botanika boğida 97 nafar xodim, şu jumladan, 3 nafar fan doktori, 8 nafar fan nomzodi faoliyat olib bormoqda. Sönggi yillarda Botanika boğining bazasida 7 ta doktorlik va 5 ta PhD dissertatsiyalar himoya qilingan. Şuningdek, 3 ta ilmiy laboratoriyalar işlamoqda.
2021 yilda Toşkent Botanika boği dunyodagi 118 ta davlatlardagi 800 ta botanika boğlari bilan iş olib boruvçi hamda ösimliklarni saqlab qoliş böyiça özaro hamkorligi dunyodagi eng katta tarmoqni taşkil etuvçi Xalqaro Botanika boğlarini himoya qiliş (Botanic Gardens Conservation International – BGCI) taşkilotiga a’zolikka qabul qilingan.
Yuqoridagi qaror loyihasida istirohat boğlari hududlarini savdo va pulli xizmatlar körsatiş uçun ijaraga beriş, attraksionlar örnatiş közda tutilmoqda. Uşbu faoliyat esa, ilmiy muassasa sifatida taşkil etilgan Toşkent Botanika boğida saqlanayotgan, dunyoning 5 qit’asidan keltirilgan, noyob bölgan flora obektlariga jiddiy salbiy ta’sir körsatadi.
Şu sababli, Botanika boğini Vazirlar Mahkamasining “Istirohat boğlari faoliyati va boşqaruv tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasidan çiqariş hamda unga Milliy boğ maqomini beriş orqali uning nufuzini va muhofazasini kuçaytiriş kerak, deb hisoblaymiz”, deyiladi partiya munosabatida.
Qöşimça qilinişiça, mazkur masala böyiça partiyaning Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi nomidan Hukumatga deputatlik sörovi yuborilgan.












