Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidagi mahallalardan birida deraza panjaralarini demontaj qiliş işlari töxtatildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
«Vaziyat poytaxt hokimligi nazoratida: sodir bölgan holat sabablari hamda mazkur qarorga masʼul şaxslar aniqlanmoqda, xatti-harakatlarga mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş va özboşimçalik alomatlari böyiça huquqiy baho berilmoqda.
Tekşiruv natijalariga köra, Mirzo Uluğbek tumani hokimligi tomonidan tegişli çoralar köriladi, şuningdek, bunday holatlar takrorlanmasligi uçun zarur amaliy qadamlar belgilanadi», deyiladi xabarda.
Şu bilan birga demontaj işlari qaysi taşkilot tomonidan olib borilgani haqida maʼlumot berilmadi. Şuningdek, allaqaçon demontaj qilingan panjaralarning taqdiri nima bölişi ham nomaʼlum.
Taʼkidlanişiça, «Toşkent şahar hokimligi bunday noqonuniy harakatlarga mutlaqo qarşi bölib, ularning taşabbuskori emas».












