Hokimlikka köra, bugun köplab ijtimoiy muassasalar, ayrim davlat taşkilotlari, korxona va taşkilotlarda iş kuni soat 8:00 da boşlanadi. Şu vaqtdan şaharda faol hayot boşlanib, aholi davlat va şahar xizmatlariga murojaat qiladi. Şu sababli hokimlik va unga qaraşli xizmatlarning ham fuqarolarga şu vaqtdan boşlab xizmat körsatişga tayyor bölişi «maqsadga muvofiq».

Taʼkidlanişiça, iş jadvallarini uyğunlaştiriş bir neçta idora iştirokini talab qiladigan masalalarni tezroq muvofiqlaştiriş imkonini ham beradi.

Yöl harakatini taşkil etiş markazi tahlillariga köra, iş boşlaniş vaqtlarini taqsimlaş ertalabki tirbandlik paytida yöl tarmoğiga tuşadigan yuklamani kamaytirişga yordam beradi. Yangi grafik joriy etilsa, tuşlik vaqti ham şunga mos ravişda taşkil etilib, kun davomida transport oqimi va umumiy ovqatlaniş obyektlariga tuşadigan yuklama bir maromda taqsimlanişi mumkin.

Yakuniy qaror qabul qilişdan oldin Toşkent aholisining fikri örganilmoqda. Agar sörovnoma natijalariga köra taklif aholi tomonidan qöllab-quvvatlansa, hokimlik uni belgilangan tartibda kasaba uyuşmalari taşkilotlari bilan kelişiş uçun kiritadi.

Sörovnoma natijalari 28-avgust kuni sarhisob qilinadi.