«Ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi muhokamaga qöyildi.
Özgartirişlar qatorida – quyidagi sub’yektlar tomonidan qonunçilik takliflarini ilgari suriş va Qonunçilik palatasiga kiritiş mumkinligi közda tutilgan:
100 ming nafardan kam bölmagan fuqarolar;
Senat;
Ombudsman;
Markaziy saylov komissiyasi.
Quyidagi masalalar fuqarolar tomonidan kiritiladigan qonunçilik taklifining predmeti bölişi mumkin emas:
Özbekiston hududiy yaxlitligini özgartiriş;
amnistiya va afv etiş;
mansabdor şaxslarni tayinlaş va vazifasidan ozod etiş.
Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutmoqda:
Qonunçilik palatasi va Senat mutlaq vakolatlarini hamda parlament nazoratini amalga oşirişning huquqiy asoslarini takomillaştirişni;
qonunlarni qabul qilişning yangi tartibini amaldagi qonunçilikda belgilaşni.
Saylov kodeksi va quyidagi qonunlarga özgartirişlar kiritiş rejalaştirilmoqda:
«Prokuratura töğrisida»;
«Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) töğrisida»;
«Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati taşkil etilişining asosiy prinsiplari töğrisida»;
«Oliy Majlis Senati töğrisida»;
«Oliy Majlis Qonunçilik palatasi töğrisida»;
«Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Reglamenti töğrisida»;
«Oliy Majlis Senatining Reglamenti töğrisida»;
«Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi töğrisida»;
«Qonunlar loyihalarini tayyorlaş va Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiş tartibi töğrisida»;
«Davlat boşqaruvini yangilaş va yanada demokratlaştiriş hamda mamlakatni modernizatsiya qilişda siyosiy partiyalarning rolini kuçaytiriş töğrisida»;
«Parlament nazorati töğrisida»;
«Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»;
«Hisob palatasi töğrisida».










