Elektr energiyasi iste’molçilari uçun quvvat doirasidagi çeklovlar faqat zarurat yuzasidan qöllaniladi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ xabar berdi.

Qayd qilinişiça, bunday çora eskirgan va ortiqça yuklama bilan işlayotgan elektr tarmoqlari va transformator punktlari joylaşgan ma’lum bir hududlarda iste’molçilarni uzoq vaqt elektr ta’minotidan uzilib qolmasligini ta’minlaş maqsadida zarurat yuzasidan qöllaniladi. Ya’ni, bu yil qiş va yoz oylarida kuzatilgan noqulay ob-havo şaroiti kabi vaziyatlardagina vaqtinça elektr tarmoqlariga ortiqça yuklamalar tuşişini oldini oliş uçun amalga oşiriladi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda «endi xonadonda birdaniga uçta konditsionerni ulasangiz hisoblagiç tokni avtomatik tarzda uzadi» yoki «hisoblagiç orqali 10-15 kW quvvat doirasida çeklov kiritiladi» degan mazmundagi xabarlar tarqalgan edi.

Qayd qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining 22-sonli qarori bilan özgartiriş kiritilgan «Elektr energiyasidan foydalaniş qoidalari» tegişli bandiga asosan, 2023 yil 1 noyabrdan boşlab iste’molçilarga ehtiyojlari uçun zarur bölgan qurilmalarning minimal quvvatidan (hamda joylaşgan hududidan) kelib çiqib, hisoblagiç orqali 10-15 kW quvvat doirasida çeklov kiritilişi belgilangan.