Özbekistonda mahalliylaştiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini kafolatli xarid qiliş muddati uzaytirildi.
Prezident farmoni bilan “2022–2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmoğini jadal rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonga özgartiriş kiritildi.
2024 yil 1 yanvardan farmatsevtika mahsulotlari xaridlariga ajratilişi rejalaştirilgan davlat budjeti mablağlari miqdori doirasida mahalliylaştiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini ijobiy klinik sinovlar natijalari, davlat röyxatidan ötkaziş hamda sertifikatlaş jarayonlari asosida 10 yilgaça bölgan muddatga şartnoma tuziş orqali kafolatli xarid qiliş mexanizmi joriy etiladi (ilgari 3 yil edi).












