Qirğiziston çet ellik sayyohlarning kirişi va bölişi bilan boğliq qoidalarni kuçaytirdi. Şuningdek, «visa-run»ni (çegaradan taşqariga qisqa muddatga çiqiş orqali mamlakatda qoliş muddatini qayta tiklaş imkoniyatini) bekor qildi. Bu haqda mamlakat Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.

Aniqlik kiritilişiça, Qirğizistonda 60/120 tamoyili böyiça vizasiz rejim joriy etiladi. Bu şuni anglatadiki, mamlakatni tark etgandan söng, odam faqat 60 kundan keyin unga qaytişi mumkin.

Şu bilan birga, respublikada 90 kun davomida vizasiz qolişga ruxsat berilgan sayohatçilar Qirğizistonni tark etgan taqdirdagina xuddi şunday muddatdan keyin yana qaytişi mumkin böladi.

«Yangi özgarişlar Qirğiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining migratsiya oqimini yanada samarali boşqarişni ta’minlaş va mamlakatning umumiy xavfsizligini yaxşilaş istagini aks ettiradi», deyiladi TIV bayonotida.

Avvalroq, Qozoğistonda ham sayyohlar uçun «visa-run» bekor qilingan edi. 2023 yil yanvar oyidan boşlab mamlakatga vizasiz kelgan xorijliklar 180 kunlik bir kalendar davrida maksimal 90 kun qolişi mumkin. Buni yiliga ikki martadan köp bölmagan holda amalga oşirişga ruxsat beriladi.