2023 yil uçinçi çoragida Qozoğistonning «KazTransOyl» kompaniyasi «Omsk – Pavlodar – Çimkent – Şağir» yönalişi böyiça 31,1 ming tonna Rossiya neftini Özbekistonga yetkazdi.
Birinçi çorakda kompaniya magistral neft quvurlari tizimi orqali Özbekistonga 10,7 ming tonna, ikkinçi çorakda esa 37,9 ming tonna Rossiya neftini yetkazib bergan edi.
Oktyabr oyida Qozoğiston hududi orqali Özbekistonga Rossiya neftining tranzit hajmi 25 ming tonnani taşkil etgan.
Kompaniya Rossiya neftini Qozoğiston hududi orqali Özbekistonga taşiş Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan neft yetkazib beriş jadvaliga muvofiq amalga oşirilayotganini tuşuntirdi.
«KazTransOyl» 2017 yilda magistral neft quvurlari tizimi orqali Özbekistonga Rossiya neftini yetkazişni boşlagan. 2017 yilda tranzit hajmi 67,9 ming tonnani, 2018 yilda 36 ming tonnani taşkil etdi. 2019-2022 yillarda Rossiya neftining tranziti bölmagan.












