AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining Qizil dengiz şimolida joylaşgan USS Carney kemasi Yamanda husiyçilar tomonidan uçirilgan uçta qanotli raketa va bir neçta dronlarni yöq qildi. Bu haqda 19 oktyabr, payşanba kuni Pentagon spikeri, brigada generali Pet Rayder ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, raketalar kemaga «potensial xavf tuğdirgani» sababli urib tuşirilgan, biroq hujum nişoni Isroildagi obektlar bölgan. 

Pentagon aynan nima hujum nişoni bölgan bölişi mumkinligini örganmoqda. Rayderning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar «uşbu muhim mintaqadagi şeriklar va manfaatlarni himoya qiliş» uçun zarur bölgan hamma narsani qilişga tayyor. Rasmiyning qayd etişiça, na AQŞ harbiy xizmatçilari, na mintaqadagi tinç aholiga zarar yetmagan. 

Husiyçilar Yamanda Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan isyonçilar bölib, 2014 yildan beri fuqarolar uruşi davom etayotgan mamlakatning ayrim qismlarini nazorat qiladi. Ularning şiorlari an’anaviy tarzda «Amerikaga ölim» va «Isroilga ölim» iboralarini öz içiga oladi, deb ta’kidlaydi AP agentligi. Yaman hukumatini hozirda Falastin-Isroil mojarosi fonida Isroilga heç qanday tahdid qilmagan Saudiya Arabistoni qöllab-quvvatlamoqda. 

Yaqin Şarqdagi mojaroning avj olişi HAMAS harakatining 7 oktyabr kuni Isroilga qarşi keng kölamli hujum uyuştirganidan keyin boşlandi.