Qozoğiston Savdo va integratsiya vaziri örinbosari Qayrat Törebayev Ukrainaga keng kölamli bosqindan keyin Rossiyaga qarşi joriy etilgan sanksiyalar tufayli, mamlakat Rossiyaga 106 turdagi tovarlarni eksport qilişni taqiqlaganini aytdi.  

«Biz harbiy maqsadlar uçun möljallangan 106 xil turdagi tovarlar eksportiga çeklov kiritdik. Ularning eksporti butunlay çeklangan», dedi Törebayev. 

Uning sözlariga köra, bu tovarlar orasida dronlar, ixtisoslaştirilgan elektronika va çiplar ham bor. 

«Uşbu 106 nomdagi tovar Qozoğistonda işlab çiqarilmagan, lekin avvallari Qozoğiston orqali reeksport qilingan. Qozoğistonga import amalga oşirilmoqda, eksport qilinmayapti. Ular nafaqat Ğarbda, balki boşqa mamlakatlarda ham işlab çiqariladi», dedi Törebayev. 

Qozoğiston boş vaziri örinbosari, savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin avvalroq Qozoğistondan Rossiyaga ikki maqsadli tovarlar yetkazib berilganini tan olgan edi. 

Uning sözlariga köra, sanksiyalarning bajarilişini nazorat qiliş uçun mas’ul bölgan Yevropa Ittifoqi va AQŞ vakillari Qozoğiston rasmiylariga sanksiyaga kiritilgan 7 mingta mahsulot röyxatini topşirgan – bularning barçasi, vazir ta’kidlaganidek, mamlakatning Rossiya bilan tovar ayirboşlaşiga tegişli. 

Qozoğiston hukumati bunga javoban sanksiyaga kiritilgan tovarlar röyxatini qisqartirişni söragan. Natijada, yangilangan reyestrga Ukrainada şikastlangan Rossiya harbiy texnikasidan topilgan ikki maqsadli tovarlar kiritilgan.

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev sentabr oyida Germaniyaga taşrifi çoğida öz mamlakati «Rossiyaga qarşi sanksiyalar rejimiga amal qilişini» aytgan edi.