Ohayo ştatidan bölgan respublikaçi kongressmen Jim Jordan öz nomzodini tasdiqlaş uçun uçta muvaffaqiyatsiz urinişdan söng AQŞ Vakillar palatasi spikeri lavozimi uçun kuraşni tark etdi. Bu haqda 20 oktyabr, juma kuni CNN va The Hill xabar berdi. Ularga köra, Jordan nomzodini qaytarib oliş töğrisidagi qaror Respublikaçilar partiyasining yopiq içki konferensiyasida qabul qilingan.
Ohayolik kongressmenning muvaffaqiyatsizligi sobiq prezident Donald Trampning Respublikaçilar partiyasida keçayotgan jarayonlarga ta’siri çeklanganini körsatdi, deb ta’kidlaydi CNN. Jordan nafaqat Vakillar palatasida respublikaçilarning öng qanoti yetakçisi, balki Trampning ittifoqçisi va Oq uy sobiq rahbari uning nomzodini qöllab-quvvatlagan.
Endi respublikaçilar Kongress quyi palatasi spikeri lavozimiga yangi nomzod körsatişi kerak. Nomzodlar 23 oktyabr oqşomida taqdim etilişi kutilmoqda, ertasi kuni esa ulardan birini Vakillar palatasi rahbarligiga körsatiş böyiça ovoz beriş jarayoni bölib ötadi.
Ukrainaga yordam - tahdid ostida
Respublikaçilar partiyasining yana bir vakili Kevin Makkarti spikerlik lavozimidan çetlaştirilgaç, 3 oktyabrdan beri AQŞ Kongressi Vakillar palatasi işi deyarli falaj ahvolda. Parlament quyi palatasida köpçilikni taşkil etgan Makkarti partiyadoşlarining noroziligi vaqtinçalik budjet töğrisidagi qonun loyihasi qabul qilinişiga sabab böldi. Uşbu hujjat, jumladan, ba’zi demokratlar tomonidan qöllab-quvvatlandi - şundan söng Makkarti Bayden ma’muriyatini Respublikaçilar partiyasi manfaatlariga zarar yetkazgan holda qöllab-quvvatlaganlikda ayblandi.
Şu bilan birga, 20 oktyabr kuni AQŞ prezidenti Kongressdan Ukraina va Isroilga yordam beriş uçun 75 milliard dollar ajratişni söradi. Vakillar palatasidagi beqaror vaziyat Bayden söragan mablağlar qaçon tasdiqlanişini oldindan aytişni qiyinlaştiradi. Şu munosabat bilan Oq uy rahbari «mayda» va «yovuz» partiya siyosati «buyuk davlat sifatida» Qöşma Ştatlarning «mas’uliyati yölida tösqinlik qilmasligi» kerakligini ta’kidladi.
Spikerlik uçun kuraşdan çiqib ketgan Jim Jordan Kiyevga yordamni oşirişga qarşi. Uning ta’kidlaşiça, «amerikaliklar ongida asosiy muammo Ukraina emas, balki AQŞ çegaralaridagi vaziyat va köçalardagi jinoyatdir».












