Son Heye Çaye Janubiy Koreyadan Özbekistonga bir neça yil avval kelgan. U Farğonadagi tekstil korxonasida işlaydi. 60 yoşli koreys özbek tilini qunt bilan örgandi va hozir ham örganişda davom etyapti. Özbek milliy taomlarini sevib iste’mol qiladi. Böş vaqtida bozor aylanadi. «Özbek qovunini yaxşi köraman va tez-tez sotib olaman», – deydi koreyalik mehmon.
«Koreyadan Özbekistonga 2015 yilda kelganman. Hozir Farğonadagi POSCO International Textile korxonasida işlayman. Oilam Koreyada. Orada bir neça marta mehnat ta’tili olib oilam bilan diydorlaşib keldim.

Özbekistonga yangi kelganimda noqulayliklar köp böldi. Lekin vaqt ötib barçasiga könikdim. Boşida boşqa muhit, boşqa odamlar sabab qörquv bölgan albatta. Ammo bugungi kunga kelib özbekistonliklar meni hurmat qiladi, kerak bölsa yordam ham beradi.


Özbekistonning mevalari, ayniqsa, qovuni mazali. Koreyada ham har xil turidan bor, lekin özbek qovuniçalik şirin emas. Özbek ovqatlaridan birinçi navbatda oşni yaxşi köraman. Keyin kabob, somsalarni sevib iste’mol qilaman.

Özbek tilini mustaqil ravişda özim şuğullanib örgandim. Işxonadagi hamkasblarimdan ham sörayman bilmagan narsalarimni. Avval özim işlatib körmagan yoki eşitmagan sözlarga duç kelsam, darrov xodimlarimni çaqirib sözning ma’nosi nima ekanini sörab bilib olaman.

Taksidami, bozordami özbekça gapirsam, odamlar hayratlanib, qayerliksiz, xitoylikmisiz, deb söraşadi. Koreyalikman desam özbekça gapirişimni körib odamlar xursand bölişadi. Ingliz va yapon tillarini ham bilaman, rus tilini ham örganyapman.

Odatda koreys taomlarini yeyman, lekin haftada 2-3 marta özbek ovqatlari – oş, kabob, somsa tanovul qilaman. Koreyada bir öğlim, bir qizim bor. Öğlim arxitektor.

Rafiqam bilan har kuni videoqönğiroq orqali gaplaşamiz, farzandlarim bilan ham qönğiroqlaşamiz, xabarlar yozişamiz. Özbekistonda yana 4-5 yil bölsam kerak…»
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Asror Almurodov











