Sanksiyalar natijasida Rossiya Olimpiya qömitasi (ROQ) homiylariga yetkazilgan yöqotişlar tufayli Rossiyada 3,5 milliard rubldan ortiq sport dasturlarini moliyalaştiriş töxtatildi. Bunday ma’lumotlarni 20 oktyabr, juma kuni ROQ boş direktori Vladimir Sengleyev taqdim etdi.

«Biz moliyalaştiriş manbalarini tasdiqlamaganimiz sababli 3,514 milliard rubllik dasturlarni moliyalaştirişni töxtatdik», — deya Sengleyevning Permdagi «Rossiya sporti qudratli» xalqaro sport forumidagi nutqidan iqtibos keltiradi TASS. Uning aniqlik kiritişiça, bu holatga Rossiyaga qarşi sanksiyalar munosabati bilan ROQ an’anaviy homiylarining yöqotişlari sabab bölgan.

ROQ rahbari Stanislav Pozdnyakovning sözlariga köra, xususan, olimpiya zaxirasini tayyorlaş bilan boğliq bir qator dasturlar qisqartirilgan. «Matç TV» muxbiri Pozdnyakovning sözlaridan iqtibos keltiradi: «Bugungaça biz federal homiylik muammosini hal qilmadik». 

Rossiya Olimpiya qömitasi rahbari homiylarning katta rolini ta’kidlab, Rossiyada sportni moliyalaştiriş uçun «davlat budjetidan mablağning katta qismi ajratilgan» bölsa-da, «qöşimça moliyalaştiriş manbalarisiz oson bölmasligini» ta’kidladi.

12 oktyabr kuni Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) Olimpiya xartiyasini buzgani uçun Rossiya Olimpiya qömitasini keyingi ogohlantirişgaça Olimpiya harakatidan vaqtinçalik çetlatdi. XOQ buni Ukraina Olimpiya qömitasi (UOQ) yurisdiksiyasi ostidagi mintaqaviy sport taşkilotlarini, xususan, hududi bir qismi egallab olingan Donetsk, Xerson, Luhansk va Zaporijjya viloyatlari sportçilarini öz safiga «qöşiş» töğrisida ROQ qabul qilgan qarori bilan izohladi.