Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi frontdagi vaziyat böyiça har kungi hisobotida ötgan kun davomida Ukraina armiyasi rossiyaliklarning köp miqdordagi zirhli texnikalari va jonli kuçlarini yöq qilgani haqida xabar berdi. Ukrainadagi manbalar bu yöqotişlar RF armiyasi oktyabr oyi örtalarida Donetsk yaqinidagi Avdiyivka şahrini egallaş uçun keng kölamli hujumga ötgani bilan boğliqligini yozmoqda.

Ukraina boş ştabiga köra, ikki kunlik jimlikdan keyin RF armiyasi Avdiyivka hududida hujumlarni qaytadan boşlagan. «Avdiyivka yönalişida duşman hujum harakatlarini tikladi va Avdiyivkani qurşab olişga urinişdan voz keçmayapti», — deya yozgan ukrain harbiylari.

Ukraina qurolli kuçlari ma’lumotiga köra, ötgan kun davomida butun front çiziği böylab bölib ötgan janglarda (nafaqat Avdiyivkada) rossiyaliklarning 120 ta zirhli maşinasi, 55 ta tanki va 29 ta artilleriya tizimlari yakson etilgan. Bundan taşqari, Ukraina boş ştabi rossiyaliklar şaxsiy tarkibda ham ulkan yöqotişlarga uçraganini ma’lum qilgan: hisobotga köra, bir kun içida qurbonlar soni 1380 kişini taşkil etgan (ukrain harbiylarining har kungi rasmiy hisobotlarida raqibning yöqotişlari 600 nafar atrofida baholanardi). Hozirça bu ma’lumotlarni mustaqil manbalar orqali tasdiqlaş yoki rad etiş imkoni yöq.

Avdiyivka harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Barabaş ukrain televideniyesi efirida ukrain kuçlari şahar atrofida rossiyaliklarning 500 ga yaqin texnikasini yöq qilganini aytgan.

Bunday bayonotlar qançalik haqiqatga mos kelişini aniqlaş hozirça imkonsiz. Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda çindan ham rossiyaliklarning texnikalari yöq qilingani aks etgan köplab videolar tarqaldi, ammo ular orqali yöqotişlarning aniq sonini baholab bölmaydi.

Amerika Uruşlarni örganiş instituti ham 20 oktyabr kuni ertalab bergan hisobotida rossiyaliklar Avdiyivka yönalişida 10 oktyabr kuni boşlangan yurişining ilk bosqiçida katta miqdorda oğir texnikalaridan ayrilgani haqida yozgan. «Rossiya kuçlari Avdiyivka atrofida davom etayotgan kampaniya doirasida texnikalari bilan katta tölov qilmoqda va [bu], katta ehtimol bilan, Rossiyaning bu hududdagi yurişi sur’ati yanada sekinlaşişiga olib keladi», degan ekspertlar.

Ukrainadagi ayrim manbalar ham Rossiya kuçlari 19 oktyabr kuni Avdiyivka hududida juda ulkan yöqotişlarga uçraganini yozmoqda.

«Bugun Avdiyivka ostonasi jahannamga aylandi. Çinakamiga. Bu haqda bir neça marta eşitdim. Ertaga Boş ştab hisobotida yöq qilingan va şikastlangan texnikalar miqdorini körasiz va hayratga tuşasiz. Ofitserlardan biri aytganidek — „Bu nima, … Kursk yoyimi?“. Ha, bizda ham yöqotişlar bor, bu jahannam bizning jangçilarimizning ham hayotini olib ketdi», — deya yozgan 19 oktyabr kuni harbiy mavzudagi War Zone telegram-kanali.

19 oktyabr kuni Avdiyivka hududiga (şuningdek Kupyansk yönalişiga) Ukraina QK boş qömondoni Valeriy Zalujniy kelgandi.

Rossiya manbalari nimalar yozmoqda?

Avdiyivka Ukrainaning muhim sanoat markazlaridan biri bölgan, ammo hozir amalda töliq vayron qilingan

Rossiya mudofaa vazirligining juma kungi svodkasida  Avdiyivkadagi vaziyatga töxtalib ötilmagan.

Maşhur Rybar telegram-kanali payşanba kuni keçqurun «Rossiya qöşini Avdiyivka uçastkasining şimoliy qanotida terrikon (konlardan çiqqan yaroqsiz jinslar uyumi) hududidagi muhim tayanç punktini egallagani» haqida xabar bergandi. «Şunga qaramay, raqib Berdiçi yaqinida qarşi hujum uyuştirişga va şturm otryadlarini temiryöl tomonga çekintirişga muvaffaq böldi», — deyilgandi xabarda.

Rossiya davlat televideniyesi harbiy muxbiri Aleksandr Sladkov payşanba kuni şunday yozgan: «Avdiyivkani oliş uçun har qança qurbonlik berilişini istamasdim». U «havoda töliq hukmronlik» qölga kiritilgani va «raqibning öt oçiş vositalari yöq qilingani»dan keyingina hujumga ötiş töğri bölişini aytgan.

Sladkovning hisoblaşiça, Rossiya armiyasi agar ukrainlarning havo hujumidan mudofaa vositalarini yakson etsa va kopterlar hamda uçuvçisiz uçiş qurilmalari soni böyiça beş karra ustunlikka erişsa, havoda ham töliq ustunlik qiladi.

«Agar bizda artilleriya razvedkasi vositalari bölsa, Ukraina qurolli kuçlari öt oçiş vositalarini askilbatareya kuraşida yöq qiliş mumkin, bizda esa ular yöq. Şunda faqat göştmaydalagiç hujumi qoladimi? Bunday qilişni töxtatişimiz kerak», — deya xulosa qilgandi Sladkov.

Avdiyivka nimasi bilan muhim?

Ukrain qöşini Avdiyivkani 2014 yildan buyon tutib turibdi

Rossiya qöşinining harakatlari Avdiyivkani qurşovga olişga qaratilgan — buning uçun ular qanotlarda joylaşgan qator aholi yaşaş manzillari, jumladan Stepove, Berdiçi va Severneni egallab olişga harakat qilmoqda.

BBC harbiy şarhlovçisi Pavel Aksenovga köra, Rossiya qöşinlarining Avdiyivka şahri hududida ilgarilaşga urinişi - frontdagi umumiy vaziyat nuqtayi nazaridan juda mantiqiydir.

Rossiya mudofaasiga kirib borgan katta börtiq markazidagi şahar va uni uzib qöyiş — Rossiya qömondonligi orzu qiladigan iş. Bu front çiziğini Donetskdan uzoqlaştirişga imkon bergan bölardi. Ammo bu yana şuning uçun muhimki, ukrain qömondonligini boşqa hududlardan — Zaporijjya oblasti va Baxmut hududida yuriş qilayotgan kuçlarning bir qismini köçirişga majbur qiliş mumkin.

Avdiyivka va uning atrofini ukrain qöşinlari 2014 yildan buyon özida saqlab qolmoqda. Şahar (aniqroği uning xarobalari) hozirda ançagina mustahkam istehkomga aylantirilgan.

U Donetskdan bir neça kilometr şimoli-ğarbda joylaşgan va Rossiya tuzilmalari uşbu sanoat hududini egallaş uçun köp bor uringan. Şunday keskinlaşuvlardan biri 2017 yilda kuzatilgandi.

2022 yil fevralida keng kölamli bosqin boşlanganidan keyin şahar şiddatli janglar maydoniga aylandi. Ötgan vaqt içida artilleriyadan öqqa tutiş va aviatsiyadan bombardimon qiliş oqibatida Avdiyivka vayron qilingan, şahardan amalda faqat vayronalar qolgan va bu uni şturm qilişni qiyinlaştiradi.

Yana bir omil — ulkan koksximik zavod mavjudligidir, undan bir vaqtning özida baza sifatida ham, mustahkamlangan punkt sifatida ham foydalansa böladi va uni şturm qiliş juda qiyin. Kon çiqindilaridan hosil bölgan 200 metr balandlikdagi sun’iy toğlar ustida örnaşgan ukrain harbiylari atrofni beş qöldek kuzatib turadi. Lekin hozirça bu haqda gapiriş örinsiz, Rossiya qöşini hali bu yergaça yetib borişdan uzoq.

Ozge Elif Kizil / Anadolu / Vida Press
Avdiyivka köçalarida patrullik qilayotgan ukrain politsiyaçisi
Ozge Elif Kizil / Anadolu / Vida Press
Avdiyivkadagi ukrain jangçisi. Foto: Ozge Elif Kizil / Anadolu / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / Vida Press