AQŞ prezidenti Jo Bayden Vaşingtondagi saylovoldi yiğilişida insoniyat «yangi dunyo tartibi»ga muhtojligini aytdi. Uning nutqi Oq uy veb-saytida keltirilgan.

«Öylaymanki, agar biz yetarli tarzda jasur bölsak va öz kuçimizga işonsak, dunyoni birlaştiriş uçun nimadir qiliş imkoniga egamiz. Biz uruşdan keyingi davrda 50 yil yaşadik va hamma narsa juda yaxşi ketayotgan edi, lekin bu vaqt ötdi. Yangi... yangi dunyo tartibi kerak.

Biz tarixning buriliş nuqtasida turibmiz, demak, yaqin tört-beş yil içida qabul qiladigan qarorlarimiz keyingi qirq-ellik yil qanday bölişini belgilab beradi», dedi Bayden.

Uning sözlariga köra, bu «tinçlik istiqbolini buzmaydi, balki kuçaytiradi».

Bayden yangi dunyo tartibi zarurligi haqida avval ham gapirgan. 2022 yil mart oyida u AQŞ yangi dunyo tartibini boşqarişi va «erkin dunyo»ni birlaştirişi kerakligini aytgan edi.