Ukrainada uruşning 606-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qöşini Xarkiv oblasti Korotiç qişloğidagi «Novaya poçta» terminaliga raketa zarbasi yölladi. Kompaniyaning olti xodimi halok bölib, yana 16 kişi yaralangan.
  • RF harbiylari Ukrainaga raketa va dronlar bilan hujum qildi. Ukraina QK bitta X-59 raketasi va uç dron urib tuşirilganini ma’lum qilgan. Donetsk oblasti Konstantinovka şahridagi obektlar zarba ostida qolgan.
  • Britaniya razvedkasi 2022 yil 24 fevraldan buyon halok bölgan va yaralangan rossiyaliklar sonini 150-190 ming kişiga baholadi — yoki, agar yengil jarohat olib, soğayganidan keyin yana frontga qaytganlar qöşib hisoblansa 240-290 ming kişi. Tahlilçilarning ma’lumotlariga köra, Avdiyivka hududidagi Ukraina qurolli kuçlari pozitsiyalariga muvaffaqiyatsiz hujumlar tufayli rus qöşinlarida jonli kuç sarflanişi darajasi 90 foizga oşgan.

Korotiç qişloği öqqa tutilişi oqibatlari

22 oktyabr kuni Rossiya qöşini Xarkivdan 15 kilometr masofadagi Korotiç qişloğini öqqa tutdi. «Novaya poçta» terminali binosi zarbaga uçragan: 300 kvadrat metr maydon yonğin içida qolgan. Terminal qariyb butkul vayron bölgan, yuk avtomobillari şikastlangan.

Xarkiv oblasti prokuraturasiga köra, zarba oqibatida tinç aholi vakillari bölgan olti kişi halok bölib, 16 kişi yaralangan. Jabrlanganlarning barçasi — poçta terminali xodimlari. «Novaya poçta» ularda trevoga signali portlaşdan bir neça soniya oldin yangragani va xodimlarda «boşpanalarga yetib boriş imkoni bölmagani»ni ma’lum qilgan.

Vayron bölgan bino polida terminal işçilaridan birining jasadi
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Terminal yonidagi yuk maşinasi kuzovida qurbonlardan birining jasadi
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
«Novaya poçta» terminali binosi rossiyaliklar zarbasidan keyin
Ozge Elif Kizil / Anadolu / Vida Press
Korotiç aholisi rossiyaliklar hujumidan keyin
Ozge Elif Kizil / Anadolu / Vida Press

Rossiya armiyasi harbiy texnikalari ta’mirlanişi

Markaziy harbiy okrugning ta’mirlaş-tiklaş bölinmasi harbiy xizmatçilari BTR-80’ga dvigatel örnatmoqda. Bu va quyidagi boşqa kadrlar aynan qayerda olingani ma’lum emas.
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Rossiyaning texnik xizmat körsatiş bazasidagi T-72 tanki
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
122-millimetr kalibrli D-30 gaubitsasini ta’mirlayotgan harbiylar
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
T-72 tanki ta’mirlanişi
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA

Lvivda qoçqinlar uçun mobil uylar

Lvivdagi kvartallardan birida Polşa hukumati va Varşava texnologiya universiteti hamkorligida Ukrainaning harbiy harakatlar davom etayotgan hududlaridan kelgan qoçqinlar uçun modul turar joy posyolkasi barpo etilgan. Posyolkada 3500 ga yaqin kişi yaşaşi mumkin.

Hesther Ng / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA