Vengriya boş vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqini yana tanqid qilib, uni sobiq ittifoq bilan qiyosladi va uni SSSRning «yomon parodiyasi» deb atadi. «Ba’zida tarix takrorlanadi. Moskva fojia edi. Bryussel - şunçaki yomon zamonaviy parodiya. Biz Moskva qöşiğiga raqsga tuşişimiz kerak edi. Bryussel ham kuy çalyapti, lekin biz xohlagan vaqtda raqsga tuşyapmiz», - dedi u 23 oktyabr, duşanba kuni keçqurun Vesprem şahrida milliy bayram munosabati bilan sözlagan nutqida.
Şu bilan birga, Orban Yevropa Ittifoqi misolida hali ham umid borligini ta’kidladi. «Moskvani endi tuzatib bölmaydi, lekin Bryussel va Yevropa Ittifoqini tuzatiş mumkin», dedi u kelasi yilga rejalaştirilgan Yevropa parlamenti saylovlariga işora qilib. Vengriya boş vaziri bu saylovda hamfikr partiyalar ğalaba qozonib, Bryusselni migratsiya kabi masalalarda yönalişini özgartirişga majbur qilişiga umid bildirdi.
Orbanning Yevropa Ittifoqi bilan ziddiyatlari
2010 yildan beri Vengriya hukumatini boşqarib kelayotgan Viktor Orban bir neça bor Bryussel va sovet Moskvasi örtasida öxşaşliklarni keltirgan hamda Yevropa komissiyasi bilan yillar davomida qonun ustuvorligi, ommaviy axborot vositalari va nohukumat taşkilotlarni nazorat qiliş va boşqa mavzularda tortişib kelgan. Orban Ukrainaga qarşi uruş sababli Rossiyaga qöyilgan Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qöşilişni istamadi va Moskva bilan işlaşda davom etmoqda.
23 oktyabr kuni vengerlar Vengriyaning bir partiyaviy diktaturasi va sovet ittifoqi ta’siriga qarşi 1956 yilgi xalq qözğoloni boşlanişini xotirlaydi. Sovet armiyasi bu qözğolonni şafqatsizlarça bostirgan. 1989 yilda Vengriyada kommunistik tuzum qulaganidan keyin 23 oktyabr mamlakatda milliy bayram deb e’lon qilindi.












