“Huquqiy axborot” kanali ma’lumotiga köra, ular quyidagiça:

I guruh uruş nogironlariga — pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 150 foizi;

II guruh uruş nogironlariga — pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 125 foizi;

közi ojizlik böyiça I guruh nogironligi bölgan şaxslarga — pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 100 foizi;

I guruh nogironligi bölgan şaxslarga — pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 75 foizi;

II guruh yolğiz nogironligi bölgan şaxslarga — pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 75 foizi;

uruş qatnaşçilari va ularga tenglaştirilgan şaxslarga — pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 50 foizi;

1941 — 1945-yillardagi uruş davrida mamlakat içkarisida işlagan va harbiy majburiyatni bajargan şaxslarga — pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining — 30 foizi;

vafoti harbiy xizmat yoki içki işlar organlaridagi, Milliy gvardiyadagi xizmat majburiyatlarini bajariş bilan boğliq bölgan harbiy xizmatçilarning hamda içki işlar organlari, Milliy gvardiya xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan ötmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 30 foizi.

Özbekiston oldida alohida xizmatlari bölgan şaxslarga — pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigaça. 

yoşidan qat’i nazar imtiyozli pensiyaga çiqiş huquqiga ega bölgan artistlarga — pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 75 foizi;

teatr-konsert taşkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’ati ijodiy xodimlari tayyorlovçi öquv muassasalarining professor-öqituvçilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan röyxatga köra — pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining — 50 foizi.

Ma’lumot uçun: hozirda pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – 347 000 sömni taşkil etadi.