27 oktyabr kuni «ICTWEEK UZBEKISTAN — 2023» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Özbekiston Respublikasi mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini köçiriş xizmati (MNP) işga tuşirildi.
 
Tizimning qulayligi şundaki, endilikda abonentlar mobil aloqa operatorlarining xizmat körsatiş sifatiga qarab istalgan kompaniyani tanlaşi mumkin. Bu jarayonda mobil aloqa abonentlariga ular boşqa operatorga köçganda öz abonent raqamini saqlab qoliş imkoniyati taqdim etiladi. Bu raqam yöqotilişining oldini olişi hamda aloqa operatorlari tomonidan raqam resurslaridan yanada oqilona foydalanilişiga xizmat qilişi közda tutilgan.

Hozirgi kunda Özbekistonda Beeline, Mobi.uz, Ucell, UZTELECOM, Humans kabi 5 ta mobil aloqa operatori faoliyat körsatmoqda. Ular tomonidan mijozlarga mobil aloqa xizmatlari körsatib kelinmoqda. Agar xizmatdan foydalanib, mobil aloqa operatori özgartirilsa, köçirilgan raqamlar öz şaklini va körinişini saqlab qoladi.

Raqamni saqlagan holda kompaniyani özgartiriş quyidagi 4 bosqiçda amalga oşiriladi.

1-bosqiç

Telefon raqamni boşqa uyali aloqa operatoriga ulaş uçun yangi kompaniya ofisiga ariza bilan murojaat qilinadi. Bunda raqam rasmiylaştirilgan şaxsni tasdiqlovçi hujjat (pasport, ID-karta, haydovçilik guvohnomasi, harbiy guvohnoma)ni olib boriş lozim.

Ayni vaqtda raqamni onlayn özgartiriş imkoniyati mavjud emas.

2-bosqiç

Ariza berilgan vaqtdan boşlab, agar barça şartlar bajarilgan bölsa, raqamni köçiriş jarayoni 10 daqiqagaça davom etadi. Tasdiq javobidan söng xizmat uçun tölov amalga oşiriladi.

Bir martalik tölov abonent ötayotgan operatorga tölanadi, tölov miqdori har bir mobil aloqa operatori tomonidan mustaqil belgilanadi. Hozirda aksar kompaniyalarda mazkur xizmat uçun örtaça 60 ming söm miqdorida tölov belgilangan.

3-bosqiç

Operator abonent arizasini qabul qiladi, u bilan yangi kelişuv tuzadi va abonentga vaqtinçalik raqamga ega yangi SIM-karta topşiradi. Vaqtinçalik raqam nazarda tutilgan operatorga biriktirilgan raqamlar töplamidan tanlab beriladi, yangi SIM-karta esa abonent tomonidan arizada körsatilgan tarif rejasiga ulangan böladi.

Kelişuv tuzilgan vaqtda vaqtinçalik raqamga ega SIM-karta faol böladi va abonent uning raqami faktga köra yangi operatorga ötkazilguniga qadar ham yangi aloqa operatori (resipient-operator) xizmatlaridan foydalanişi mumkin.

Raqamni yangi operatorga ötkaziş arizasi rad qilinganda, abonent öziga berilgan SIM-karta orqali resipient-operator xizmatlaridan foydalanişda davom etişi mumkin.

Raqam yangi operatorga muvaffaqiyatli ötkazilganda, resipient-operator SIM-kartadagi vaqtinçalik raqamni abonent arizasida ötkazilişi lozim deb körsatilgan raqamga özgartiradi. Raqamni boşqa mobil operatoriga köçiriş 8 iş soatidan ortiq bölmagan vaqt talab qiladi.

4-bosqiç

Yangi operator (resipient-operator) abonentni uning raqamini boşqa operatorga köçiriş jarayoni muvaffaqiyatli yakunlangani haqida operatori özgartirilgan raqam SIM-kartasiga SMS yuboriş orqali xabardor qiladi. Operator çeklanmagan sonda almaştirilişi mumkin, ammo dastlabki köçiriş vaqtidan kamida 30 kun ötgan bölişi lozim.

Raqamni köçiriş borasidagi ariza bir qança sabablarga köra rad etilişi mumkin:

1-sabab: agar arizada körsatilgan ma’lumotlar oldingi operatordagi ma’lumotlarga (raqam, FIŞ, pasport ma’lumotlari) mos kelmasa, ariza rad etiladi (Yeçim: oldingi operatorning sotuvlar va xizmatlar bölimiga murojaat qilib, undagi ma’lumotlarni töğrilaş, söng raqamni köçiriş arizasi qayta topşiriladi).

2-sabab: oldingi operator oldida qarzdorlik mavjud (Yeçim: qarzdorlikni istalgan usulda söndiriş, söng boşqa operatorga ötiş arizasini uning ofislaridan birida takroran topşiriş lozim).

3-sabab: raqam oxirgi marta köçirilganidan keyin 30 kundan kam muddat ötgan bölişi. (Yeçim: 30 kunlik muddat tugaşini kutiş va raqamni köçiriş böyiça arizani takroran topşiriş).

4-sabab: SIM-karta yöqolgani, sud qaroriga köra yoki oldingi mobil aloqa operatori xizmatlari uçun haq tölanmagani sababli raqam bloklangan bölsa ariza rad etiladi (Yeçim: operator ofisga murojaat qilib, raqamni blokdan oçiş va köçiriş haqida takroran ariza berişi lozim).