Qarorga köra, 2026 yil 1 oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) quyidagi xizmatlar joriy etiladi:
Jismoniy va yuridik şaxslarga öziga mulk huquqi asosida tegişli bölgan köçmas mulk obektlari va avtomototransportlarni garovga yoki ipotekaga qöyişga, şuningdek, ularni begonalaştirişga taqiq qöyiş yoki uni bekor qiliş;
Fuqarolarning öz nomiga rasmiylaştirilgan va foydalanilayotgan telefon raqamlari va bank kartalari töğrisida ma’lumot oliş va uşbu jarayonni boşqarişning quyidagi imkoniyatlarini yaratiş:
telefon raqamini muayyan muddatga nofaol holatga ötkaziş (faollaştiriş) va özi foydalanmayotgan telefon raqamlariga xizmat körsatişni töxtatiş haqida ariza kiritiş;
telefon raqami ulangan pulli xizmatlar haqida ma’lumot oliş;
bank kartalarini bloklaş (yopiş) haqida emitentga arizalar yuboriş;
fuqaroning nomiga yangi notarial harakat rasmiylaştirilganda avtomatik tarzda uni Yagona portal orqali xabardor qiliş va ular hisobini yuritiş.












