Özbekistonda mobil aloqa operatorlari narxlarni oşirayotgani yuzasidan Raqobat qömitasi tomonidan örganişlar boşlandi.
Qömita xabariga köra, noyabr oyi boşida aloqa kompaniyalariga sörovlar yuborilgan.
“Bugungi kunga qadar, xizmat sifatini yaxşilaş va qamrovini kengaytiriş yuzasidan aloqa operatorlari tomonidan amalga oşirilayotgan xarajatlarning narxlarga ta’siri töğrisida taqdim etilgan ma’lumotlar körib çiqilmoqda.
Örganiş natijalarida operatorlar tomonidan raqobatga zid harakatlar, xususan muvofiqlaştirilgan harakatlarning alomatlari aniqlangan taqdirda örnatilgan tartibda tekşiriş ötkaziladi va uşbu holatlar tasdiqlanganda amaldagi qonunçilikka muvofiq qat’iy çoralar körilişi ma’lum qilinadi”, – deyiladi iste’molçilar huquqlarini himoyalovçi organ axborotida.













