Toşkentda piyodalar yölning belgilanmagan qismidan ötmasligi uçun köça örtasiga temir panjaralar örnatilmoqda. Buning uçun hozirgaça qariyb 8,4 mlrd söm ajratildi. Xöş, şahar aholisi va mutaxassislar bunga nima deydi? Qarşilar ham, qöllovçilar ham bor, lekin köpçilik bir fikrda yakdil: Toşkentga svetofor bilan jihozlangan piyodalar ötiş joylari yetişmaydi.

Toşkent şahar hokimi Şavkat Umrzoqov 21 iyul kungi qarori bilan, yöllar örtasiga temir panjaralar örnatiş uçun yana 6,9 mlrd söm mablağ ajratdi.

Qarorda bu panjaralar aynan qaysi tumanlarda, qaysi köçalarda yoki qança masofada örnatilişi va boşqa tafsilotlar keltirilmagan.

Poytaxt rahbari avvalroq, 20 may kungi qarorida ham yöllar örtasiga temir panjaralar örnatiş uçun qariyb 1,5 mlrd söm ajratgan edi. Bu mablağ evaziga 10 ta tuman hududida jami 5,6 km masofada yöllar örtasi tösilişi közda tutilgan. Eng köp Olmazor tumanida 1 km, Yakkasaroyda 850 m, Çilonzorda 700 m, eng kami Sergelida esa 250 m, Yaşnobodda 300 m masofada panjara örnatilişi közda tutilgan.

Şuningdek, 20 may kungi qarorda şahar böylab 42 ta joyda qavariq (yöl sathidan börtib çiqqan) piyodalar ötiş joylarini taşkil etiş uçun 588 mln söm ajratilgan.

Hujjatlarda körsatilişiça, temir panjaralar va qavariq “zebra”lardan maqsad – piyodalar iştirokidagi avtohalokatlarning oldini oliş. Ammo, qavariq piyodalar ötiş joylaridan farqli ravişda, temir panjaralar masalasida fikrlar xilma-xilligi ança köproq közga taşlanmoqda.

Kun.uz bu borada aholi vakillari va mutaxassislar fikriga quloq tutdi.

Şahar köçalarida ötkazilgan ijtimoiy sörovda, respondentlarning ayrimlari köçalar örtasiga temir panjaralar qöyilişini qöllab-quvvatladi. Ular şu bilan piyodalar xavfsiz, haydovçilar ham xotirjam bölişini aytmoqda. Lekin qarşi fikrlar salmoği köproqdek. Xususan, köplab vatandoşlar piyodalar ötiş joylarini köpaytiriş kerak deb hisoblaydi.

“Hamma joyni panjara qiliş kerakmas, ora-orasini odamlar ötişi uçun oçib qöyiş kerak-da. Köp joylarda aylanib keliş juda uzoq yöl bosişni talab qiladi. Ippodrom yölini körsangiz, odamlar panjaradan ham oşib ötadi”,