Toşkent — yaşaş uçun Özbekistonning eng qulay şahri. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan tuzilgan reyting natijalaridan ma’lum bölmoqda.
Qayd qilinişiça, respublikadagi yaşaş uçun eng qulay şaharlar yuqori beştaligidan Toşkent (100 ballik tizimda reyting bali 79,1), Urganç (76,0), Buxoro (75,4), Samarqand (70,6) va Navoiy (68,1) şahri örin egalladi. Röyxatning eng quyi beştaligidan Bekobod (35,3), Xonobod (35,3), Yangiyer (33,5), Ohangaron (32,9) hamda Quvasoy (26,4) şahri joy olgan.

Indeksni şakllantirişda ta’lim, soğliqni saqlaş, infratuzilma, barqarorlik, madaniyat va atrof-muhit yönalişlaridagi jami 27 ta miqdoriy hamda sifat körsatkiçlaridan foydalanilgan.
Reyting aholi soni 40 ming kişidan ortiq bölgan respublikaning 30 ta şahri uçun işlab çiqilgan.
Alohida yönalişlar inobatga olinsa, ta’lim hamda tibbiyot yönalişida Buxoro, Guliston va Urganç, infratuzilma böyiça Urganç, Navoiy va Toşkent, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik böyiça Toşkent, Urganç va Guliston, madaniyat va atrof-muhit böyiça Toşkent, Buxoro va Samarqand eng yaxşi deb topilgan.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti 1968 yilda taşkil topgan va makroiqtisodiy, pul-moliya, bank, ijtimoiy muammolarni prognoz qiliş va tadqiq qiliş böyiça köp yillik tajribaga ega. 2005 yildan Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi nomi ostida faoliyat yuritgan. 2023 yildan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutiga aylantirilgan.












