Toşkent şahar onkologiya markaziga qaraşli 4,36 gektar hududda poytaxt aholisi uçun oçiq yaşil boğ barpo etiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda şahar hokimligi maʼlum qildi.
Loyiha «Yaşil şahar» konsepsiyasi doirasida amalga oşiriladi. Hududdagi binolar böşatilgaç, ular buzib taşlanmaydi, balki rekonstruksiya qilinib, yoşlar şaharçasiga moslaştiriladi.


U yerda öquv va ijodiy markazlar, kutubxona, kovorking hududlari, simulyatsiya ustaxonalari va startap-studiyalar taşkil etiladi.
Hokimlikning taʼkidlaşiça, yoşlar şaharçasi yaşil boğning örnini egallamaydi va kökalamzor hudud maydoni qisqartirilmaydi. Şuningdek, loyihada alohida biznes-ofislar yoki boşqa tijorat obyektlarini quriş rejalaştirilmagan.


Taʼkidlanişiça, binolar atrofi obodonlaştirilib, kökalamzorlaştiriladi. Hududning asosiy qismi esa barça şaharliklar foydalanişi mumkin bölgan oçiq jamoat boği sifatida saqlanadi.

















