Qarorga muvofiq, 2026 yilda Toşkent şahri yalpi hududiy mahsulotini 11,7 foizga, sanoat işlab çiqarişini 8,5 foizga, bozor xizmatlarini 19 foizga va quriliş işlarini 17,3 foizga oşiriş maqsad qilingan. Şuningdek, 2026 yilda 9 milliard AQŞ dollari, 2027 yil yakuniga qadar esa 10 milliard AQŞ dollari miqdorida töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş rejalaştirilgan.

Hujjat bilan 2031 yil 1 yanvarga qadar qator yangi mexanizmlar tajriba tariqasida joriy etiladi. Ular orasida maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini kengaytiriş, tayyor biznes loyihalarini elektron auksionga çiqariş, köp qavatli sanoat ob’yektlarini barpo etiş hamda renovatsiya dasturlarini amalga oşiriş nazarda tutilgan.

Şuningdek, qarorda «Ön beş daqiqalik şahar» konsepsiyasini amalga oşiriş, yaşil hududlarni köpaytiriş, suv resurslarini boşqariş markazini taşkil etiş, gastronomik va tungi turizmni rivojlantiriş, yoşlar kreativ parklarini taşkil etiş hamda kitob savdosini rağbatlantiriş böyiça çora-tadbirlar belgilangan.

Qaror ijrosini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş Özbekiston boş vaziri zimmasiga yuklatilgan.