Toşkentda 100 km uzunlikda ikki qavatli pulli halqa avtomobil yölini quriş böyiça Xitoyning “China Railway Construction” kompaniyasi bilan 1 mlrd dollarlik bitim imzolangan.
Bu haqda poytaxt hokimining transport va yöl infratuzilmasi masalalari böyiça örinbosari Abdurahmon Baxtiyev şahar kengaşiga bergan hisobotida aytib ötdi.
Hisobotda keltirilişiça, Toşkent şahrida yöl infratuzilmasi loyihalari böyiça Xitoy kompaniyalari bilan quyidagiça kelişuvlar imzolangan:
China Construction – 500 mln dollarlik 3 ta yöl ötkazgiç, 4 ta kemping maskanini barpo etiş va 27 km yöllarni kapital ta’mirlaş;
SINO-Hunan – 1 mlrd dollarlik 7 ta tunnel, 5 ta yöl ötkazgiç, 16 ta köçada 57 km BRT yölaklari va 279 km yöllarni quriş;
China Railway Construction – 1 mlrd dollarlik 100 kilometrli 2 qavatli Toşkent halqa pullik avtomobil yölini barpo etiş;
Shanghai Construction – 100 mln dollarlik 1 ta kemping markazini barpo etiş va 7,7 km yöllarni ta’mirlaş;
Xinjiang Hui’er Agricultural – yölböyi hududlarini landşaft dizayni asosida kökalamzorlaştiriş.
Qayd etilişiça, Toşkent şahrida Intellektual transport tizimini joriy etiş böyiça Germaniya mutaxassislari iştirokida texnik topşiriq işlab çiqilgan.
Tizimni işlab çiqişda, adaptiv svetofor va sun’iy intellekt asosida transport tahlili yönalişida tajribaga ega 12 ta (şu jumladan, SWARCO – Avstriya, Siemens Mobility – Germaniya, Cubic Transportation Systems – AQŞ, Huawei – Xitoy) kompaniyalar bilan muzokaralar ötkazilgan.
Toşkent şahrining Transport master rejasi va makromodelini işlab çiqiş maqsadida AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Rossiya, Şvetsiya va Fransiya davlatlarining 90 dan ortiq kompaniyalari iştirokida tanlov ötkazilgan. Natijada, ğolib deb topilgan “Step city” kompaniyasiga 2026 yil sentyabr oyi yakuniga qadar şaharning transport master rejasi va makromodelini işlab çiqişni yakuniga yetkaziş topşirilgan.












