2021 yilda Jizzax erkin iqtisodiy zonasida faoliyatini yölga qöygan “ADM Jizzakh” avtomobilsozlik zavodi 2024 yildan butunlay yangi bosqiçga ötadi va avtomobillarning töliq işlab çiqarilişini yölga qöyadi.

Mazkur zavodning keng qamrovli faoliyati, işlab çiqariş bilan boğliq jarayonlar, işçi-xodimlar malakasi, tajribasini oşiriş uçun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan taniştiriş maqsadida bir guruh jurnalist va blogerlar uçun press-tur taşkil qilindi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbat davomida Boş direktor Daniyar Davletiyarov zavod töliq quvvat bilan işlaşi uçun sönggi işlar olib borilayotgani, bir qator işçi-xodimlar esa soha böyiça yetakçi mamlakatlarda tajriba oşirib kelgani haqida ma’lumot berdi.

Deyarli 100 gektar maydonda joylaşgan uşbu zavodni, avtomobilsozlik mahsulotlarini işlab çiqariş markazini yaratişga qaratilgan tölaqonli texnologik şahar, deb ataş mumkin. Loyiha bir neça bosqiçda amalga oşirilmoqda.

Birinçi bosqiç –avtomobillarni SKD usulida, ya’ni yirik uzelli işlab çiqariş usulida, yiğiş 2020 yilda boşlangan bölib, 2021 yil mart oyida muvaffaqiyatli işga tuşirilgan. Hozirgi kunga qadar “Kia”, “Chery”, “Haval” va hokazo brendlar ostida umumiy qiymati 7,3 trillion sömdan ortiq bölgan 33 mingdan ziyod avtomobillar işlab çiqarilgan.

Bu vaqt davomida Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan 1200 nafardan ortiq yoş işçi va mutaxassislar iş bilan ta’minlandilar. Şundan qariyb 100 nafari xotin-qizlardir.

Hozirgi vaqtda zavod töliq işlab çiqariş jarayonlarini özlaştiriş va avtokomponentlarni mahalliylaştiriş bosqiçiga ötgan.

Press-tur iştirokçilari aynan mana şu jarayonlar bilan yaqindan tanişdilar. Ya’ni, kompaniya tomonidan yirik uzelli yiğiş uslubini özlaştiriş bilan bir qatorda kuzovlarni payvandlaş, böyaş, avtomobillarni yiğiş va yakuniy sinovdan ötkazişdan iborat bölgan töliq işlab çiqariş jarayonlarini özlaştirgan holda avtomobillarni işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça işlar olib borilmoqda. Kiritiladigan işlab çiqariş quvvati yiliga 100 000 dona avtomobilni taşkil qiladi. Qisqa qilib aytganda, kelasi yildan boşlab “ADM Jizzakh” zavodida avtomobillar töliq işlab çiqariladi.

Ikkinçi bosqiçda 310 million dollardan ortiq investitsiya jalb qilinadi.

Uşbu quvvatlarni işga tuşiriş va asosiy butlovçi qismlarni özlaştiriş orqali avtomobillarni mahalliylaştiriş darajasi 30 foizga yetadi. Avtomobillarni işlab çiqariliş ketma-ketligi esa pölatdan to tayyor avtomobilgaça bölgan barça asosiy jarayonlar va bosqiçlarni özida qamrab oladi.

Şu örinda “ADM Jizzakh” zavodi haqida ayrim ma’lumotlarni keltirib ötiş joiz:

– Xususiy kapital hisobiga qurilayotgan birinçi avtomobil zavodi;

–  Yiliga 160 000 donadan ortiq avtomobil işlab çiqariş quvvatiga ega Özbekistondagi ikkinçi yirik avtomobil zavodidir;

– Mijozlar bilan işlaş böyiça birinçi raqamli avtomobil işlab çiqaruvçisi;

–    Dilerlar tarmoği qamrovi böyiça mamlakatda ikkinçi örinda turadi. Respublika böyiça 20 ta dilerlik va xizmat körsatiş punktlari mavjud;

–  Mintaqadagi eng yirik iş beruvçi: loyihalar işga tuşirilişi bilan kamida 4 500 kişi iş bilan ta’minlanadi;

–        Işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning keng assortimenti: yengil avtomobillardan tortib, tijorat transporti va osma tirkamalargaça qamrab olinadi.

Zavodda 2030 yilgaça avtomobillar işlab çiqarilişi hajmini yiliga 300 000 taga  yetkaziş ustida iş olib bormoqda.

Natijada, içki bozor uçun keng turdagi model va brendlar joriy qilinadi. Öz navbatida içki bozordagi avtomobillarga ortib borayotgan talab qondiriladi. Modellar portfeli har ikki yilda örtaça bir marta yangilanib turiladi. Avtokomponentlar maksimal darajada mahalliylaştiriladi. Şuningdek, gibrid va elektromobillarni işlab çiqiş va mahalliylaştiriş közda tutilmoqda. Bir söz bilan aytganda, işlab çiqaruvçilar örtasida içki bozorda haqiqiy va soğlom raqobat muhitini yaratiş maqsad qilingan.

“ADM Jizzakh” zavodi uçinçi bosqiçda yangi energiya manbalaridagi avtomobillarni işlab çiqariş va ilmiy-tadqiqotlarini yölga qöyiş ustida iş olib bormoqda. 2024 yildan yangi energiya manbalaridan foydalanuvçi avtomobillar işlab çiqariş uçun yangi avtomobil zavodi qurilişi rejalaştirilgan. Yangi zavodning quvvati yiliga 50 000 tagaça avtomobilni taşkil etib, kelajakda uni 100 000 tagaça avtomobilga yetkaziş közda  tutilgan. 

Natijada, umumiy işlab çiqariş quvvatlarini yiliga 250-300 ming avtomobilga yetkaziş, öz tajriba-konstruktorlik yeçimlarini işlab çiqiş va joriy etiş uçun zamin yaratiladi. Şu maqsadda “ADM Jizzakh” avtomobil klasteri negizida Ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş rejalaştirilgan.

“Bu borada hamkorlar bilan yakuniy kelişuvlarga erişilgan. 2024 yildan boşlab dastlabki 50 nafar yoş muhandis Janubiy Koreya va Xitoydagi tadqiqot va loyihalaş markazlarida malaka oşirişni boşlaydi. Hammasi bölib 300 dan ortiq muhandis va loyihaçilar şunday öquv kurslarida iştirok etadilar. Ular kelajakda ADM global ilmiy-tadqiqot markazining tayançiga aylanadilar”, – dedi Daniyar Davletiyarov jurnalistlarga      bergan intervyusida.

Press-tur iştirokçilari, “ADM Jizzakh” rahbarlari iştirokida matbuot anjuman ham ötkazildi. Jurnalist va blogerlar özlarini qiziqtirgan barça savollarga javob oldilar.

Reklama