Tadbir hamkorlik yakunlarini sarhisob qiliş, yangi işlab çiqariş loyihalarini muhokama qiliş hamda mamlakat avtomobil sanoatida mahalliylaştirişni yanada rivojlantiriş istiqbollarini belgilaş uçun maxsus maydonga aylandi.

Tadbirning birinçi kuni ADM Jizzakh’ning amaldagi mahalliy yetkazib beruvçilari bilan özaro hamkorlik munosabatlariga bağişlandi. Iştirokçilar 2026 yilning birinçi yarim yilligidagi hamkorlikdagi iş yakunlarini sarhisob qilişdi, amalga oşirilgan loyihalar natijalarini körib çiqişdi va yaqin istiqbolda işga tuşirilişi rejalaştirilgan taşabbuslarni muhokama qilişdi.

Ikkinçi kuni zavodga Özbekistonning turli hududlaridan kelgan avtomobil komponentlarini işlab çiqaruvçi korxonalar vakillari, şuningdek, xorijiy hamkorlar taşrif buyurişdi. Işbilarmonlik uçraşuvlari doirasida tomonlar hamkorlikning istiqbolli yönalişlari, yetkazib beruvçilarga qöyiladigan talablar va ADM Jizzakh’ning yangi loyihalarida iştirok etiş imkoniyatlarini muhokama qilişdi.

Avtomobil komponentlarini mahalliylaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mahalliy işlab çiqaruvçilar bilan hamkorlikni kengaytiriş avtomobil sohasini rivojlantirişning asosiy yönalişlaridan biri bölib qolmoqda. Mahalliy işlab çiqarilgan komponentlar uluşining oşişi işlab çiqariş zanjirlarini mustahkamlaş, yangi iş örinlarini yaratiş, korxonalar salohiyatini rivojlantiriş va işlab çiqarilayotgan mahsulot raqobatbardoşligini oşirişga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida, şuningdek, Kia K3 va Kia Sonet avtomobillari uçun lokalizatsiya qilingan va import komponentlar körgazmasi taşkil etildi. Ekspozitsiyada Kia K3 modeli uçun yillik işlab çiqariş hajmi 57,47 mln AQŞ dollarini taşkil etuvçi 145 dona komponent, şuningdek, Kia Sonet modeli uçun yillik işlab çiqariş hajmi 24,46 mln AQŞ dollariga teng bölgan 593 dona komponent namoyiş etildi.