ADM Jizzakh’da işlab çiqarilayotgan krossoverning mahalliylaştiriş darajasi 35 foizni taşkil etmoqda. Korxona yiliga 35 000 donagaça Kia Sonet avtomobillarini işlab çiqarişni rejalaştirmoqda.

Uşbu natija korxona jamoasining avtomobil komponentlarini özlaştiriş va işlab çiqarişni yölga qöyiş, şuningdek, avtomobil mahsulotlarini yetkazib beruvçi mavjud korxonalar bilan yaqin hamkorlikni yölga qöyiş böyiça olib borgan keng qamrovli işlarining natijasi böldi.

Bugungi kunda ADM kompaniyalar guruhi öz kuçi bilan taşqi va içki qismlar, simlar, örindiqlar, kuzov qismlari, izolyatsiya materiallari, audio va infotizimlar işlab çiqarişni mahalliylaştirgan. Bundan taşqari, avtomobil mahsulotlari işlab çiqaruvçi köplab mahalliy korxonalar bilan hamkorlik aloqalari yölga qöyilgan.

2026 yilda ADM Stamping asosida press işlab çiqarişni va yangi elektrodepozit sexini işga tuşiriş rejalaştirilgan bölib, bu pölat rulonlarni kesişdan tayyor avtomobilning yakuniy yiğuvigaça bölgan avtomobil işlab çiqarişning töliq siklini özlaştiriş imkonini beradi.

Sertifikatning mavjudligi sotuv imkoniyatlarini kengaytiradi, jumladan, davlat kompaniyalari va taşkilotlari tomonidan mahalliy işlab çiqarilgan mahsulotlarga qöyiladigan talablar doirasida xarid qiliş imkoniyatini oçadi.

Ma’lumot uçun: mahalliy işlab çiqarilgan tovar töğrisidagi sertifikat Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 28 oktyabrdagi 712-son qarori doirasida beriladi va avtomobilning mahalliylaştiriş talablari hamda milliy standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi.

Sayt | Elektron poçta

ADM: Instagram | Facebook | YouTube | X |