Toşkent şahri va Sirdaryo viloyatida savdo dökoni olib beriş bilan boğliq firibgarlik holatlari foş etildi, deb xabar beradi Boş prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilişiça, departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda “B.B.” ixtisoslaşgan savdo kompleksi MÇJ direktori örinbosari F.K. fuqaro S.K.ga MÇJ balansida yangi qurilgan yengil konstruksiyali savdo dökonini tanişlari yordamida olib berişi evaziga 20 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Departamentning Mirzaobod tuman bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Kadastr agentligining Oqoltin tuman bölimi boşliği S.R. tadbirkor D.T.ning yengil tipdagi savdo dökonining kadastr hujjatlarini tanişlari yordamida 1,2 ming dollar evaziga rasmiylaştirib berişini aytib, şundan 500 dollar va 1,2 million sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.