Taftish.uz saytining sobiq rahbari Ğayrat Aberayevga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Buxoro viloyati prokuraturasi xabar berdi. Biroq köp ötmay viloyati prokuraturasining Telegram’dagi rasmiy kanalidan uşbu xabar öçirildi.


Ma’lum qilinişiça, Ğayrat Aberayev Taftish.uz sayti rahbari sifatida Şofirkon tumani hududida yaşovçi fuqarolarni aldab, saytning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ularning muammolarini hal qilib beriş evaziga köp miqdordagi pullarini olib, şaxsiy ehtiyojlariga işlatib yuborgan.
Xususan, Ğayrat Aberayev 2020 yil oktyabr oyida muqaddam Konimex tumanidagi “Alibek Islom” MÇJ rahbariga qaraşli bölib, keyinçalik tuman qorakölçilik şirkati balansiga ötkazib yuborilgan 1400 gektar yaylov yerlarini fermer xöjaligi nomiga qayta rasmiylaştirib beriş evaziga 5 ming dollar olib, öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.
Şuningdek, fuqaro Q.X.dan tuman hokimligi zaxirasiga olingan 1800 gektar yaylov yerlarni uning öziga qaytarib olişda yordam berişini aytib, buning evaziga undan jami 22 ming AQŞ dollari olgan.
Bundan taşqari, fuqaro M.S.ga Jinoyat kodeksining 105-moddasi bilan sodir etgan jinoyati uçun “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan vaqtda uning otasi I.S.ga öğlini qamoqdan çiqarişga yordam berişini aytib, uning 5 ming dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.
Qayd qilinişiça, Ğayrat Aberayev şu va boşqa holatlarda fuqarolarni aldaş orqali ularning jami 33,3 ming AQŞ dollar mablağlarini qölga kiritgan. Uşbu harakatlari uçun unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan hamda sirtdan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Hozirda holat yuzasidan Peşko‘ tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Prokuratura xabarida Aberayevga nisbatan qidiruv e’lon qilingan yoki qilinmagani aytilmagan. Qonunçilik talabiga köra sirtdan (ayblanuvçi uşlanmagan vaqtda) qamoq qöllanilgan taqdirda unga nisbatan qidiruv e’lon qilinişi lozim.
UPD: "Elita media" MÇJning 2025 yil 30 apreldagi 77-22/3001-sonli xatida keltirilişiça, Ğ.N.Aberayevga qamoq qöllanganda u Taftish.uz sayti rahbari bölmagan. MÇJning talabiga köra, mazkur xabarga "Taftish.uz saytining sobiq rahbari sirtdan qamoqqa olindi" mazmunida tuzatiş kiritildi.












