21-oktabr kuni körilgan çoralar saytlarni ehtimoliy hujumlardan himoya qiliş va tizimlarni yangilaşga qaratilgan. Jumladan, AQŞ Milliy xavfsizlik agentligi hamda Germaniya Axborot xavfsizligi federal idorasi - BSI şunday çora körişni qatʼiy tavsiya qilgan.
Germaniyada federal IT-xizmatlar provayderi ITZBund qator hukumat saytlarini vaqtinça öçirgan. Ayrim şaharlar maʼmuriyatlari va politsiya boşqarmalari ham tizimlarni yangilaş uçun onlayn xizmatlarini töxtatgan. Berlindagi «Şarite» klinikasi sayti ham vaqtinça işlamagan.
Germaniya Raqamlaştiriş vazirligi bu harakatlar ehtiyot çorasi ekanini taʼkidlagan. Vazirlik maʼlumotiga köra, mazkur zaifliklar bilan boğliq xavfsizlik hodisalari haqida xabar kelib tuşmagan.
Boşqa Yevropa davlatlarida ham öxşaş çoralar körilgan. Fransiya Içki işlar vazirligi zaifliklar bartaraf etilguniga qadar prefekturalar saytlarini, Belgiya Taşqi işlar vazirligi esa öz onlayn resurslarini vaqtinça öçirgan.
Niderlandiyada Rotterdam porti, Overheid hukumat portali, KNVB futbol assotsiatsiyasi, beşta yirik siyosiy partiya va qator şifoxonalar saytlari faoliyati töxtatilgan.
Xavfsizlik yuzasidan ogohlantirişlar Yevropadan taşqarida ham tarqalgan. Yaponiya boş vaziri Sanae Takaiti sayt egalarini PHP’dan foydalanayotganini tekşiriş va zarur yangilanişlarni örnatişga çaqirgan. Buni tezkor amalga oşiriş imkoni bölmasa, resurslarni vaqtinça öçirişni tavsiya qilgan.
Zaifliklarni Calif va Wiz kompaniyalari mutaxassislari Google’ning Gemini hamda OpenAI’ning ChatGPT sunʼiy intellekt modellari yordamida aniqlagan.
Wiz maʼlumotiga köra, uşbu zaifliklar ön yildan ortiq vaqt davomida eʼtibordan çetda qolgan. Ulardan foydalaniş inson uçun juda murakkab bölgan, biroq sunʼiy intellekt bunday vazifalarni bajariş va keng miqyosda takrorlaşni osonlaştirmoqda.
PHP dunyo böylab köplab sayt va onlayn xizmatlarning server qismida qöllanadi. Xabarda keltirilişiça, muammo 2004-yilda çiqarilgan PHP 5ʼdan boşlab turli versiyalarga taʼsir qilişi mumkin.
Qöllab-quvvatlanayotgan versiyalar uçun tuzatişlar tayyorlangan. Eski versiyalardan foydalanuvçilarga esa dasturiy taʼminotni yangilaş tavsiya etilgan.













