Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi direktorining birinçi örinbosari Otabek Hasanov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasining Janubiy Koreyaga amaliy taşrifi öz nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Taşrif davomida Koreya Respublikasi Personalni boşqariş vaziri Kim Sin Xo bilan muloqot taşkil etildi. Muzokaralarda inson resurslarini boşqariş va davlat xizmatini rivojlantiriş sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida tomonlar özaro anglaşuv memorandumini imzolaşdi. Unga köra, inson resurslarini boşqariş jarayonini raqamlaştiriş, davlat xizmati va kompetensiyalarni baholaş masalalari böyiça tajriba almaşiş, rahbar kadrlar uçun Janubiy Koreyada malaka oşiriş va stajirovka dasturlarini taşkil etişga qaratilgan qöşma loyihalar amalga oşiriladi.

Bundan taşqari, Otabek Hasanov 25 ta mamlakatning davlat xizmatida inson resurslari masalalari böyiça mas’ul rahbarlari qatorida "Raqamli texnologiyalar rivojlanişining davlat inson resurslari sohasiga ta’siri" mavzusida HR-yetakçilar forumida iştirok etdi.