Özbekiston ketma-ket ikkinçi oy Xitoyga tabiiy gaz eksportini kamaytirdi. Bu haqda Spot Xitoy bojxona boş boşqarmasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Sentyabr oyida mamlakatga Özbekiston gazining oylik yetkazib beriş hajmi avgust oyiga nisbatan qariyb ikki baravar kamayib, 41,62 mln dollarni taşkil etdi. Iyul oyidagi körsatkiçga nisbatan gaz yetkazib beriş 2,2 barobarga kamaydi.
Yanvar-sentabr oylarida Özbekiston Xitoyga 412,19 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi, bu ötgan yildagi körsatkiçning yarmiga teng.
Xitoyga gaz yetkazib beriş böyiça yetakçilikni Turkmaniston egallab turibdi. Mamlakat töqqiz oyda 7,41 mlrd dollarlik gaz yetkazib bergan.
Undan keyingi örinda Rossiya turibdi va ötgan töqqiz oyda mamlakat öz eksportini deyarli ikki barobarga — 4,98 mlrd dollarga yetkazgan.
Şuningdek, keyingi örinlardan Myanma (1,21 mlrd dollar) va Qozoğiston (949 mln dollar) joy oldi.












