Özbekiston va AQŞ örtasida AQŞga noqonuniy yöllar bilan olib kirilgan ayrim özbek artefaktlarini vatanga qaytarişga yordam berişi kutilayotgan madaniy boyliklar böyiça beş yillik hukumatlararo bitim imzolandi.

Hujjatni 7 noyabr kuni Toşkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyida Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdikarimov va AQŞning Özbekistondagi elçisi Jonatan Xenik imzoladi.

«[Hujjat] Özbekiston va AQŞ örtasida muzey aşyolari va madaniy qimmatliklarning noqonuniy aylanmasi hamda qaytarilişi borasidagi hamkorligini rivojlantiriş uçun asos bölib xizmat qiladi va umid qilamanki, u özaro manfaatli böladi», — degan Bahodir Abdikarimov imzolaş marosimida.

Şartnoma, xususan, talon-toroj qiliş xavfi borligi aniqlangan va maxsus röyxatga kiritilgan arxeologik yoki etnologik ahamiyatga ega obektlarni AQŞga olib kirişga çeklovlar örnatadi.

Bundan taşqari, ta’lim, madaniy va ilmiy maqsadlarda axborot va madaniy meros almaşinuvi böyiça «Yöl xaritasi»ni yaratiş, qöşma körgazmalar ötkaziş nazarda tutilgan.

Özbekiston Markaziy Osiyoda birinçi bölib AQŞ bilan madaniy boyliklar töğrisida şartnoma imzoladi. Özbekistondan taşqari dunyoning yana 25 ta davlati AQŞ bilan şunday şartnomalar tuzgan.