Sönggi yillarda sun’iy intellekt mehnat bozoriga ta’siri tobora kuçayib, köplab kasb egalari öz iş örinlari kelajagidan xavotir bildirmoqda. Biroq barça kasblar ham avtomatlaştirişga bir xil darajada moyil emas.

Mutaxassislar buning asosiy sabablari sifatida iş jarayonining oldindan töliq başorat qilib bölmasligi, jismoniy mehnat talab qilinişi, mutaxassis va mijoz örtasida işonç muhim örin tutişi, şuningdek, litsenziyalaş va huquqiy tartibga soliş bilan boğliq talablarni keltiradi. Ayrim kasblarda esa yuqori malaka va inson tajribasi hal qiluvçi ahamiyatga ega.

Şu asosda Job Zone Risk xizmati sun’iy intellektga çidamlilik indeksi - AIJRI (Artificial Intelligence Job Resilience Index)ni işlab çiqqan. Indeks qançalik yuqori bölsa, uşbu kasbni sun’iy intellekt almaştiriş ehtimoli şunçalik past hisoblanadi.

Reytingga köra, elektr uzatiş tarmoqlarini örnatiş va ta’mirlaş böyiça mutaxassislar eng barqaror kasb egalari deb topildi. Ularning AIJRI körsatkiçi 91,6 ballni taşkil etgan. Şuningdek, temiryöl signalizatsiya tizimlarini sinovdan ötkazuvçi muhandislar va sun’iy intellekt xavfsizligi bilan şuğullanuvçi mutaxassislar ham yuqori örinlarni egallagan.

Röyxatdan qabul qiluvçi ota-onalar, montajçilar, elektrçilar, travmatolog-jarrohlar ham örin olgan. Şuningdek, kutilmagan kasblardan biri - kino va teatrda sahnalarni muvofiqlaştiruvçi koordinator ham sun’iy intellekt ta’siriga eng çidamli kasblar qatoriga kiritilgan.

Tadqiqot mualliflari qayd etişiça, bugungi kunda sun’iy intellekt eng köp ofis xodimlari faoliyatiga ta’sir körsatmoqda. Xususan, hujjatlar bilan işlaş, jadvallar tuziş, mijozlarga xizmat körsatiş va ma’lumotlarni qayta işlaş bilan boğliq vazifalar avtomatlaştiriş xavfi yuqori bölgan sohalar sifatida baholanmoqda.