F guruhi

Milanda aqldan ozgan futbol

«Milan» — «PSJ» 2:1
Gollar: Leau (12), Jiru (50) — Şkrinyar (9). 
«Milan» – Menyan, Kalabriya, Tomori, Tiav, Ernandes, Loftus-Çik, Pulişiç (Florensi, 90+2), Reynders, Musa (Kruniç, 84), Leau (Okafor, 85), Jiru.
«PSJ» – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Şkrinyar (Barkolya, 89), Ernandes (Mukiyele, 65), Ugarte (Ruis, 60), Vitinya (Li Kan In, 60), Zair-Emeri, Dembele, Mbappe, Kolo-Muani (Ramuş, 60).
Ogohlantirişlar: Vitinya (24), Kolo-Muani (29), Ugarte (43), Ernandes (55), Musa (66), Şkrinyar (80).

«Borussiya», «Nyukasl», «Milan» va «PSJ» kvarteti «ölim guruhi» maqomini oqlaşda davom etmoqda. YeÇLning uç turidan keyinoq barça jamoalar mağlubiyatli öyinlar ötkazişga ulgurgandi. Boşqa heç bir törtlikda bunaqasi kuzatilmagandi.

Ikkinçi turda Angliyada yirik hisobda mağlub bölgan guruh favoriti «PSJ» Milanda ham yutqazdi va birinçi örinni boy berdi. Bu öyin ilk daqiqalardanoq şiddatli tus oldi. Çempionlar ligasida bunday oçiq öyin juda kam röy beradi. Öyin deyarli maydon markazisiz keçdi va 12 daqiqa içida Stefano Pioli hamda Luis Enrike şogirdlari bir-birining darvozalari sari 10 bor zarba yöllaşga ulgurdi. «Milan» «PSJ» bilan zarbalar almaşib tavakkalçilik qildi. Maydondagi voqealar murabbiylarga qançalik yoqqanini aytiş qiyin, ammo bunday futbol – muxlislar uçun doimo zavq bağişlaydi.

«Milan»da Leau «yondirdi». U mezbonlarning ilk zarbasiga mualliflik qildi va Loftus-Çik uçun ham golli vaziyat yaratdi. Ammo angliyalik futbolçi gol ura olmadi, töqqizinçi daqiqada esa standart vaziyatda öz darvozasi yaqinida yomon öynadi. Töp burçakdan uzatib berilganda Markinos uni boşqa bir himoyaçi Şkrinyarga taşlab berdi. Uşbu stadion bilan juda yaxşi taniş bölgan slovakiyalik futbolçini darvozabon hududida şunçaki böş qoldirişgandi: «Inter»ning sobiq a’zosiga eng yaqin turgan Loftus-Çik töp kelgan vaqtda nima uçundir undan uzoqlaşdi.

Öyin startida hujum vakillari ham faol öynadi: Mbappe, Kolo-Muani va Dembeleda pozitsion hujumlarda yaxşi vaziyatlar böldi. Hisob oçilganidan uç daqiqa ötib esa Leau yana katta sahnaga çiqdi. Portugaliyalik futbolçi Jiruga pas berib hujumni rivojlantirdi va uni çalqança zarba bilan yakunlab berdi. Bu epizodda Rafael juda aqlli öynadi, himoyaçilar inersiya böyiça darvoza tomon harakatlanişni davom ettirganida tezlikni pasaytirib, uzatmaga moslaşdi. Donnarumma parijliklarni qutqara olmadi. «Rossonerilar» fanatlari esa Janluijining ketişini hali ham keçira olmaganini namoyiş etişdi va unga qarata soxta pullar soçişdi.

Şundan keyin futbolçilar biroz tin olişdi va töp nazoratiga e’tibor qaratişdi. Ammo hatto Mbappega ham yetarliça kengliklar qoldirildi, u ikki marta yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketdi, şunga qaramay darvozani işğol eta olmadi, bir vaziyatda şoşqaloqlik qildi, ikkinçisida Menyan ajoyib harakat qildi. Bölim davomida köp marta hal qiluvçi uzatmalar bergan Dembele esa darvoza tösinini nişonga oldi. Tanaffusga qadar zarbalar böyiça hisob «PSJ» foydasiga 12:10 körinişini oldi.

Tanaffusdan keyin ham jamolar ilk daqiqalardan oldinga taşlandi. «Milan» tezda hisobda oldinga çiqib oldi, ammo bu «PSJ» futbolçilarining e’tirozlariga sabab böldi. Öng qanotdan kross uzatilganda mehmonlar jarima maydoni içida Leau va Hakimi gazonga quladi, parijlik futbolçilar öyin töxtalişini kutib bir lahzaga diqqatni yöqotişdi, ammo Xesus Xil Mansano huştagini çalmadi. Teo Ernandesning qanotdan uzatmasini Jiru golga aylantirdi. VAR epizodni tekşirib çiqib, golni bekor qilişga asos topmadi.

Şundan söng «Milan» «PSJ» futbolçilariga umuman böş hududlar qoldirmadi va minimal ustunlikni saqlab qolişga öynadi. Stefano Pioli esa buni eng yaxşi uddalaydigan mutaxassislardan sanaladi — bu «Milan»ga bir yarim yil oldin çempion bölişga va şu yil bahorda YeÇL yarimfinaliga yetib borişga yordam bergan. Mezbonlar yuqori pressingdan voz keçişdi, parijliklar esa pozitsion hujumlar uyuştirişga harakat qilişdi. Lekin Luis Enrike jamoasi ança vaqtgaça darvozaga zarba beriş imkonini ham topa olişmadi. Faqat ikkinçi bölim örtalaridan ötib «PSJ»ning bölimdagi ilk zarbasiga Mbappe mualliflik qildi. «Milan»da barça mudofaaga yordam beriş bilan şuğullandi: hatto Leau öz jarima maydoni atrofida podkatlar qildi, Jiru töpni ikkilanmay uzoqlarga tepib yubordi.

«Milan» öyinni ideal darajada quruqlaştirdi va hatto uçinçi golni urib ketişi ham mumkin edi, ammo Donnarumma parijliklar uçun imkoniyat saqlab qoldi. U Teoning jarima nuqtasidan yöllagan xavfli zarbasini qaytardi, şuningdek Leauning örniga tuşgan Okaforning zarbasidan keyin ham qutqardi. Portugaliyalik futbolçi Şkrinyarning qizilga tortadigan folidan keyin şikastlanib maydonni tark etdi. «PSJ» yölboşçisi Mbappe esa Milan örmonida adaşib qoldi (uşbu forvard jami uç zarba, tört aldab ötiş bilan çeklandi), parijliklarni Li Kan In qutqarişi mumkin edi – koreyalikning zarbasi ustunga tegdi. Yakunda jamoalar jami 33 zarba yöllaşdi (16:17, darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar – 8:6), «Milan» esa baribir munosib ğalabaga erişdi va F guruhidagi vaziyatni maksimal darajada çigallaştirdi.

«Borussiya» D — «Nyukasl» 2:0
Gollar: Fyullkrug (26), Brandt (79). 
«Borussiya» D – Kobel, Zyule, Hummels, Şlotterbek, Ryuerson, Zabitser, Brandt, Özjan, Nmeça, Adeyyemi (Roys, 81), Fyullkrug (Mukoko, 87).
«Nyukasl» – Poup, Trippiyer, Şer, Lassels, Holl (Almiron, 46), Gimaraes, Longstaff, Uillok (Mayli, 81), Livramento, Joelinton, Uilson (Gordon, 46).
Ogohlantiriş: Holl (9).

«Borussiya» nemis klassikasidagi xörlanişdan keyin bir neça kun içida öziga kela olişiga şubha qilganlar adaşdi. «Bavariya» bilan qarama-qarşi yönalişda öynagan dortmundliklar «Nyukasl»ga qarşi juda intizomli öyin namoyiş etişdi. Töp göyoki «qarğalar»ga topşirib qöyilgandek körinayotgandi, keyin esa tezkor qarşi hujumda hisob oçildi, Zabitser tovoni bilan öynab hujumni rivojlantirdi, oxirida Fyullkrugga golli pas berdi.

Jarohatlar tufayli kuçsizlangan mehmonlar esa javob qaytarişga qiynaldi. «Nyukasl»da ham imkoniyatlar böldi, ammo Livramentoning uzatmasidan keyin Joelinton bir neça metrdan aniq zarba bera olmadi. «Asalarilar» bu fonda samaraliroq bölib çiqişdi va yana bir qarşi hujumda «2 ga 1» vaziyatda Brandt barçasini özi hal qildi. Layv rejimda «Borussiya» birinçi öringa çiqib oldi va endi yakunda oçkolar teng kelib qolgan taqdirda, ikki uçraşuv natijasiga köra inglizlardan yuqorida joylaşadi (1:0, 2:0).

Seşanba kuni mezbon fanatlar ham faol bölişdi. Dortmundliklar ham barça nemislar kabi an’analar saqlanişi tarafdori va bundesligaga Yaqin Şarqdan katta pullar oqib kelişini yoqtirişmaydi. Öyin davomida arablarning Yevropa futbolidagi pullariga qarşi aksiya uyuştirildi. Mehmonlar darvozasi atrofiga tribunalardan otilgan önlab oltin quymalar mulyajlari, soxta kupyuralar va pul solinadigan qoplar kelib tuşdi, sektorda esa şunday yozuvli banner kötarildi: «Sizni sport qiziqtirmaydi. Siz qayğuradigan narsa, faqat — pul».

28 noyabr. «PSJ» — «Nyukasl», «Milan» — «Borussiya» D.

H guruhi

Xavi uçun belgimi?

«Şaxtyor» — «Barselona» 1:0
Gol: Sikan (40).
«Şaxtyor» – Riznik, Goçoleyşvili, Rakitskiy, Bondar, Matviyenko, Zubkov, Stepanenko (Nazarina, 73), Kriskiv, Sudakov, Sikan (Kelsi, 62), Neverton (Şved, 90+7). 
«Barselona» – ter Stegen, Kanselu, Kristensen, Arauxo, Alonso (Balde, 60), Gundöğan, Romeu (Pedri, 59), Gavi (Lopes, 81), Rafinya (Yamal, 59), Torres (Feliş, 59), Levandovski.
Ogohlantirişlar: Arauxo (45), Neverton (90+7).

Bu guruhda kunning birinçi öyinida sensatsiya qayd etildi — oldingi turlarda yuz foizlik natija qayd etgan «Barselona» birinçi bölim oxirida «Şaxtyor»dan gol ötkazib yubordi. Kök-anorranglilarni ukrainlar jamoasi töpurari Sikan (3 gol)ranjitdi va natijani adolatsiz deb bölmaydi. Katalonsiyaliklar birinçi bölimda birorta aniq zarba yöllay olmadi, ularning raqib jamoa jarima maydonida töpga teginiş körsatkiçi (5) Xavi boşqaruvi davridagi eng yomoni böldi. Bu safar «Barsa»ning kuni emasdi va jamoa futbolçilari 90 daqiqa davomida birorta yaqqol golli vaziyat yuzaga keltira olişmadi.

Holbuki jamoa kamida durang qayd etib, guruh masalasini şu turdayoq hal etişi prognoz qilinayotgandi, lekin Çempionlar ligasida öz maydonida 2021 yildan buyon ğalaba qozona olmay kelayotgan jamoaga mağlub bölindi. Xavining turnirning guruh bosqiçlaridagi mağlubiyatlari soni esa beştaga yetib ulgurdi, bu «Barselona» murabbiylari uçun  eng yomon natijaning takrorlanişidir. Ammo ijobiy signal ham bor: kök-anorranglilar «konçilar»ga oxirgi bor 2008/09 yillar mavsumida yutqazgan, lekin öşa mavsumda tarkibida Xavi ham bölgan jamoa «quloqli» kubokni öziniki qilgandi.

«Portu» — «Antverpen» 2:0
Gollar: Evanilson (32, penalti), Pepe (90+1). 
«Portu» – Koşta, Mariu, Pepe, Karmu, Sanusi (Sançes, 83), Franku (Namaso, 82), Euştakiu, Varela, Torimiy (Konseysau, 69), Evanilson (Navarro, 83), Pepe.
«Antverpen» – Lammens, de Lat (Batay, 46), Kulibali, van den Bosx, Veyndal (Korbani, 69), Ekkelenkamp, Yusuf, Vermeren, Kerk (Ejuke, 76), Balikvişa (Muya, 69), Ilenikena (Yanssen, 75).
Ogohlantirişlar: Yusuf (20), Vermeren (45), Karmu (58), Veyndal (62), Konseysau (84).
Çetlatiş: Ekkelenkamp (52).

Şu bilan sensatsiyalar limiti tugadi va «Portu» kutilganidek bu turnirni ham juda yomon ötkazgan «Antverpen»dan uç oçko oldi. Belgiyaliklar yana Evanilsondan jabrlanişdi, ötgan öyinda bir bölimda het-trik qayd etgan futbolçi seşanba oqşomida penaltini aniq ijro etdi. Portugallar sardori Pepe töpni ayni vaqtda guruh bosqiçi töpurari bölib turgan braziliyalikka topşirdi. E’tiborli jihati, 11 metrlik zarbalar — Evanilsonning ustun jihati emas, u bugungi kunga qadar «ajdarlar» safida faqat öyindan gol urgan (41), ikki mavsum oldin xato zarba berganidan keyin «nuqta»ga boşqa yaqinlaşmagan.

Pepening özi esa qöşimça daqiqalarda boş bilan zarba yöllab darvozani işğol qildi va yana tarixga kirdi. Endi — 40 yoşu 254 kunligida — portugaliyalik asosiy yevrokubokda eng katta yoşda gol urgan futbolçiga aylandi. Oldingi eng yaxşi natija (38 yoşu 59 kun) Françesko Tottiga tegişli bölgan.

28 noyabr. «Şaxtyor» — «Antverpen», «Barselona» — «Portu».

G guruhi

Drogbaga va’da va raqibga futbolka

«Mançester Siti» — «Yang Boyz» 3:0
Gollar: Holand (23 penalti, 50), Foden (45+1). 
«Mançester Siti» – Ederson, Uoker (Fillips, 61), Diaş, Gvardiol, Stounz (Ake, 46), Lyuis, Kovaçiç (Doku, 80), Griliş, Foden, Nuneş, Holand (Bobb, 61).
«Yang Boyz» – Raçoppi, Janko (Blum, 66), Benito, Kamara, Amenda, Garsiya (Persson, 78), Ugriniç (Males, 88), Lauper, Nyasse, Elia (Ganvula, 78), Itten (Çaiva, 65).
Ogohlantirişlar: Benito (15), Lauper (19), Amenda (77).
Çetlatiş: Lauper (53).

Holandning soğligi bilan boğliq xavotirlar asossiz bölib çiqdi. Dam oliş kunlaridagi öyinda Xosep Gvardiola norvegiyalik hujumçisini tanaffusda almaştirgandi, ammo u seşanba kuni boşlanğiç tarkibda maydonga çiqdi va Çempionlar ligasidagi gollari sonini oşirişda davom etdi. Avvaliga penaltini aniq ijro etdi. Keyin jarima maydoni taşqarisidan yuqori burçakni aniq möljalga oldi. Ayni vaqtda Erling — YeÇL töpurarlari orasida gollari soni öyinlar sonidan köp bölgan yagona futbolçidir. Bu 35 öyinda 39 aniq zarba degani.

Birinçi golni nişonlaş tarixi ham özgaça keçdi. «Oltin töp» topşiriş marosimida (Holand Gari Lineker qölidan mavsumning eng yaxşi töpurariga atalgan Gerd Myullerdan sovrinni qabul qilib oldi) yaqin ötmişdagi yana bir forvard Didiye Drogba laureatga şunday savol berdi: keyingi golingni qanday nişonlaysan? Gap Drogba yoki Linekerning uslubidan birini tanlaş haqida borardi. Erling bunga javobni maydonda körişlarini aytgandi va va’dasida turib, afrikalik futbolçining qöllarni yonga tuşiriş holatidagi nomerini takrorladi. Bundan taşqari, Holand «Yang Boyz» himoyaçisi Kamarani xursand qildi, u tanaffusda oqşom qahramonining futbolkasini söragandi.

«Tsrvena Zvezda» — «Leypsig» 1:2
Gollar: Henriks (81, avtogol) — Simons (8), Openda (77). 
«Tsrvena Zvezda» – Glazer, Dragoviç, Rodiç (Katai, 85), Jiga, Kanga, Ivaniç (Olayinka, 69), Hvan In Bom, Miyayloviç (Nedelkoviç, 46), Bukari, Luçiç (Miyatoviç, 78), Krasso (Ndiayye, 46).
«Leypsig» – Blasvix, Henriks, Lukeba, Simakan, Raum, Simons (Karvalyu, 75), Forsberg (Baumgartner, 70), Şlager (Kampl, 84), Aydara (Zayvald, 83), Openda, Şeşko (Klostermann, 70).
Ogohlantirişlar: Miyayloviç (6), Krasso (28), Simakan (49), Ivaniç (52), Lukeba (56), Henriks (59), Luçiç (73), Olayinka (90+4). 

«Mançester Siti» bilan birga pley-off yöllanmasini  «Leypsig» ham özi uçun rasmiylaştirdi, nemislar jamoasining yangi mavsumdagi asosiy qahramoni Çavi Simons yana katta sahnaga çiqdi. Niderlandiyalik futbolçi öz darajasini namoyiş etib, töpni jarima maydonigaça olib bordi va uni burçakka joylaştirdi. Agar Openda ham öz imkoniyatlaridan foydalana olganida öyin taqdiri birinçi bölimdayoq hal qilingan bölardi. Ammo u birinçi bölim oxirida yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi, keyin esa faqat darvozabonning Bukari bilan dueldagi reaksiyasi mehmonlarni javob golidan saqlab qoldi. Openda esa ikkinçi bölimda öz xatosini tuzatib, dribling hisobiga pressing ostidan çiqib ketgan Şlagerning uzatmasidan keyin ikkinçi golni urdi. Bu gol öz vaqtida urilgandi, «Tsrvena Zvezda» köp ötmay öz golini urdi, öyin oxirida esa Blasvih navbatdagi seyvi bilan ğalabani va yöllanmani saqlab qoldi.

28 noyabr. «Mançester Siti» — «Leypsig», «Yang Boyz» — «Tsrvena Zvezda».

Ye guruhi

«Atletiko»ning rekordi

«Atletiko» — «Seltik» 6:0
Gollar: Grizmann (6, 60), Morata (45+2, 76), Lino (66), Saul (84). 
«Atletiko» – Oblak, Molina (Aspilikueta, 71), Ximenes (Suyunçi, 77), Ermoso, Vitsel, Rikelme (Lino, 65), Koke, Barrios (Lorente, 46), Korrea, Grizmann (Saul, 65), Morata.
«Seltik» – Hart, Jonston, Karter-Vikers, Skeylz, Teylor, Makgregor (Ivata, 71), ÖRayli (Holm, 46), Bernardu (Ternbull, 61), Maeda, Palma (O Xyon Gyu, 46), Furuhasi (Yan Hyon Jun, 61).
Ogohlantirişlar: Palma (36), Suyunçi (90). 
Çetlatiş: Maeda (23). 

«Metropolitano»dagi öyin Grizmanning benefisiga aylandi, «Seltik» esa birinçi bölim örtalarida Ermosoning oyoğiga butsasi tişlari bilan zarba bergan Maeda çetlatilgaç, raqobat körsatiş imkoniyatini yöqotdi. Bu vaqtgaça «Atletiko» hisobni oçib ulgurgandi, qizil-oqlar yetakçisi ilk marta YeÇLning qatorasiga uç öyinida gol urişga erişdi. Bölim oxirida Grizmanning diagonalidan keyin Ximenes darvoza qarşisidagi Moratani töp bilan ta’minladi.

65-daqiqada Diyego Simeone Antuanga dam beriş vaqti böldi, deb hisobladi. Bundan bir neça daqiqa oldin qayçi uslubidagi zarbasi bilan hisobni yiriklaştirgan fransuz futbolçisi olqişlar ostida maydonni tark etdi. Lekin şu kuni «Atletiko»da zaxiradan tuşganlar ham ajoyib öyin körsatdi. Samuel Lino ham özi gol urdi, ham Morataga dublni rasmiylaştirişda yordam berdi, Alvaro gollari sonini 5 taga yetkazdi va turnirning eng yaxşi töpurarlari poygasida Evanilsondan özib ketdi.

Va nihoyat Linoning u qadar aniq çiqmagan zarbasi Saulga golli pas bölib bordi. Bu epizod tarixga kirdi, çunki «Atletiko» bu vaqtgaça asosiy yevrokubokda 6:0 hisobidagi ğalabaga erişmagandi. Maksimum 2014 yilda «Malmyo» darvozasiga beşta javobsiz gol yöllangan.

«Latsio» — «Feyyenoord» 1:0
Gol: Immobile (45+1). 
«Latsio» – Provedel, Gabarron, Romanoli, Hyusay (Pellegrini, 78), Alberto, Vesino (Rovella, 78), Kamada (Genduzi, 53), Ladzari, Anderson, Dzakkani (Pedro, 63), Immobile (Kastelyanos, 63).
«Feyyenoord» – Beylo, Niukop (Trauner, 20; Jahonbaxş, 74), Gansko, Gertryuyda, Hartman, Timber (Milambo, 81), Viffer, Zerruki (Ueda, 81), Stengs, Payşao (Ivanuşets, 74), Ximenes.
Ogohlantirişlar: Niukop (1), Vesino (68), Zerruki (70), Viffer (77), Rovella (90+6). 

«Latsio» tarixiy gol evaziga «Feyyenoord»dan revanş oldi. Çiro Immobile uçun bu «burgutlar» safidagi 200-gol böldi. Provedel esa bu uçraşuvda ham qahramonlik körsatdi. Uşbu darvozabon turnirda sönggi daqiqalarda «Atletiko» darvozasiga gol urib rimliklarni mağlubiyatdan qutqarib qolgandi, bu safar esa qöşimça daqiqalarda özining birinçi galdagi işini töğri bajarib, bir neça metrdan yöllangan zarbani qaytardi.

28 noyabr. «Latsio» — «Seltik», «Feyyenoord» — «Atletiko».

Kun statistikasi

  • «Barselona» hujumçisi Levandovski 6 öyindirki gol urmayapti. Bu polyak futbolçisi uçun 2010/11 yillar mavsumidan buyon eng yomon seriya, öşanda u «Borussiya» safida ön öyinda raqiblar darvozasini işğol eta olmagandi.
  • «Borussiya» Çempionlar ligasida 7 öyindirki mağlub bölmadi, bu oraliqda faqat bir gol ötkazib yuborilgan.
  • «Mançester Siti» YeÇLdagi gollari sonini 250 taga yetkazgan 12-jamoa böldi. «Şaharliklar» bu natijani rekord darajadagi kam 119 öyinda qayd etişdi.
  • 37 yoşu 38 kun — YeÇLda eng keksa yoşda gol urgan fransuzlar orasida birinçi bölib olgan «Milan» forvardi Jiruning yoşi. Avvalgi rekordçi Loran Blan turnirda oxirgi golini urganida undan ikki oyga kiçik bölgan.
  • «PSJ» turnirning guruh bosqiçlarida qatorasiga 48 öyinni golsiz tark etmadi. Bu XXI asrdagi rekord seriya.
  • Norvegiya vakillari asosiy yevrokubokda urgan gollar soni 200 taga yetdi. Şundan oxirgi 40 tadan 39 tasi Holand hisobiga yozilgan.