Ukraina qöşinlari Xerson viloyatidagi Dniproning egallab olingan çap qirğoğida öz mavjudligini kengaytirdi, deb xabar qilmoqda OSINT-tahlilçilar va rossiyalik harbiy blogerlar. Uşbu ma’lumotlarni tahlil qilgandan söng, Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) 8 noyabr, çorşanba kuni yozişiça, bu Rossiyaning kuçli sa’y-harakatlari Ukraina Qurolli kuçlariga qöşimça harbiylar (taxminan bir batalyon, 300 dan ortiq askar) va texnikani janubiy qirğoqqa ötkazişga tösqinlik qilmaganidan dalolat beradi.

Şu bilan birga, ISW tahlilçilari ta’kidlaşiça, ular Dniproning «şarqiy qirğoğida davom etayotgan Ukraina faolligining istiqbollari» haqida prognoz berişdan tiyilyapti. 

Bir kun oldin OSINT-tahlilçi Astraia Intel X mikrobloglar xizmatida Krinki qişloği hududida Ukrainaning HMMWV zirhli maşinasi yonayotgani aks etgan videolavhalarni e’lon qildi. Avvalgi kunlarda, 6 va 7 noyabrda bir qator rossiyalik harbiy blogerlar Ukraina zirhli transportyorini suzuvçi transporter (Ps) yordamida çap qirğoqqa ötkazişga urinişlar haqida yozgan edi. Ukraina tomoni bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Conflict Intelligence Team asosçisi Ruslan Leviyev Ukrainadagi jangovar harakatlarning borişi haqidagi navbatdagi hisobotida uşbu xabarlarga e’tibor qaratdi. Ayni paytda u Ukraina Qurolli kuçlarining bunday köpriklar orqali keng kölamli hujumni rivojlantiriş va Xerson viloyati janubiga ötiş qobiliyatiga şubha bilan qarayapti. Buning uçun, Leviyevga köra, «normal holatda işlaydigan ta’minot» zarur, uni «xoh qandaydir köprik yoki suzuvçi qurilmalar» bölmasin, jiddiyroq logistika vositalarisiz ta’minlab bölmaydi. «Albatta, bu holatda, aftidan, bir marta zirhli texnikani ötkaziş muvaffaqiyatli bölgan, ammo bu keng kölamli hujum operatsiyasi uçun normal ta’minotni taqdim eta olmaydi», dedi harbiy ekspert.