Slovakiyaning yangi vazirlar mahkamasi Kiyevga 40 million yevrodan ortiq rejalaştirilgan harbiy yordam körsatiş jarayonini töxtatdi. «Hukumat Ukrainaga harbiy texnika yetkazib beriş rejasiga rozi emas», deyiladi 8 noyabr, çorşanba kuni rasmiy veb-saytda e’lon qilingan bayonotda.
Avvalgi hukumat tomonidan işlab çiqilgan 14-harbiy yordam paketi katta kalibrli öq-dorilar, zenit raketalari, minomyotlar va minalar taqdim etini öz içiga olgandi.
Şu tariqa, Robert Fitsoning yangi hukumati taxminan 20 oy davomida Rossiyaning keng kölamli hujumidan himoyalangan Ukrainaga yordam körsatiş böyiça ilgari e’lon qilingan siyosiy yönalişni özgartirdi. Uruş boşlanganidan beri Slovakiya Ukrainaning eng qat’iy ittifoqçilaridan biri bölib, unga umumiy qiymati 671 million yevroga yaqin qurol-aslaha taqdim etgan.
Fitso oktyabr oxirida Ukrainaga harbiy yordam beriş töxtatilişini e’lon qildi
Oktyabr oyi oxirida rasman lavozimga kirişganidan ikki kun ötib, Slovakiyaning yangi boş vaziri Bratislavadagi parlamentda Ukrainaga harbiy yordam töxtatilişini e’lon qildi. «Biz Ukrainaga yordamni faqat insonparvarlik va fuqarolik yordami sifatida taqdim etişimiz mumkin. Ukrainaga endi qurol yetkazib bermaymiz», - dedi parlament saylovlarida ğalaba qozongan «Yönaliş - sotsial demokratiya» (SMER-SD) partiyasi rahbari.
Ukrainadagi uruş - «bizning uruşimiz emas, bu uruşga heç qanday aloqamiz yöq», dedi u. Şuning uçun «harbiy harakatlarni darhol töxtatiş Ukraina uçun bizda mavjud bölgan eng yaxşi yeçim», dedi Robert Fitso. Uning fikriça, Yevropa Ittifoqi «qurol yetkazib beruvçidan tinçlikparvarga aylanişi» kerak. Şu bilan birga, Slovakiya boş vaziri Rossiyaga qarşi sanksiyalarga qarşi çiqdi. «Rossiyaga qarşi sanksiyalarning Slovakiyaga ta’sirini örganmagunimizça, ovoz bermayman. Agar aksariyat sanksiyalarda bölgani kabi bizga zarar keltiradigani mavjud bölsa, men ularni qöllab-quvvatlaşga heç qanday sabab körmayapman», - dedi u.












